Quradan keyingi gaplar yoxud 1997-98lar o'rtasidagi musobaqa juda foydali bo'ladi
18 dek 2014 11:36
Yangiliklar

Quradan keyingi gaplar yoxud 1997-98lar o'rtasidagi musobaqa juda foydali bo'ladi
Xabaringiz bor, kecha oliy liga bahslariga qura tashlandi.
Qura yakuniga etgach, PFL Bosh direktori Farhod Magometov jurnalistlardan zalni tark etishni so'radi va faqat oliy liga klublari rahbarlari va murabbiylarini olib qoldi. Tabiiyki, ichkarida qanday gap-so'zlar bo'lgani bizga qiziq edi. Qolaversa, jurnalistlarni quradan keyin chiqarib yuborish juda g'alati bo'ldi.
Hozir axborot asrida yashayotgan ekanmiz, futbol muxlislaridan nimadir bekitib yurish qiyin bo'lib qoldi. OAVdan yashirishning-ku umuman hojati qolmadi. CHunki ishimiz shu bo'lganidan keyin baribir qachondir, qaerdadir eshitamiz. Bizga malum bo'lishicha, kecha klublar rahbarlari bilan ancha ko'p gap bo'libdi. Quyida shular haqida to'xtalib o'tamiz.
Kelasi yil faqat bir jamoa tushib ketadi
Bilasiz, bu yildan oliy liga ishtirokchilari soni yana 16taga etkazildi. Bu o'zgarish oliy ligada o'yinlar sonini ko'paytirish bilan birga birinchi ligadan oliy ligani ko'zlayotgan yaqqol favorit yo'qligiga sabab bo'ldi. CHindan ham hozir birinchi ligadan hech qaysi jamoani keyingi yil oliy ligaga chiqish uchun kurash olib boradi deb baralla ayta olmaymiz.
Reglamentda bu narsa elon qilinadimi-yo'qmi, bilmadigu, lekin keyingi chempionatda mavsum yakuniga etganidan so'ng faqat bir jamoa oliy ligani tark etar ekan. 15-o'rin egallagan jamoa esa birinchi ligada 2-o'rinni olgan klub bilan o'tish bahsida ishtirok etadi. Oliy ligada 16-o'rinni olgan klub elita bilan darhol xayrlashadi.
Stadionlar alohida akt qilinadi
Bundan keyin nafaqat asosiy tarkib uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadion, balki o'rinbosarlar tarkibi o'ynaydigan stadionlar ham alohida akt qilinib, PFL topshiriladi. Asosiy stadion uchun tayyorlanadigan akt rangli qog'ozda bo'lishi shart.
Klublarni licenziyalash haqida
Bilasiz, yaqin ikki-uch yildan beri OFK talablariga muvofiq oliy liga klublari har yili licenziyalashdan o'tishyapti. Bundan keyin har bir klub safida alohida darvozabonlar murabbiyi va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lishi shart. Yo'qsa, o'sha jamoalarga lizenciya berilmaydi.
Bundan tashqari, har bir klub shtatida “Licenziya ishlari bilan shug'ullanuvchi menejer” bo'lishi shart. Bundan keyin hech bir jamoada masalan, klub matbuot kotibi bir paytning o'zida ham matbuot ishlarini, ham licenziyalash ishlarini bajara olmaydi. Matbuot kotibi faqat matbuotga doir ishlar bilan shug'ullanadi, licenziyalash bo'yicha esa alohida shaxs faoliyat yuritadi.
“S” licenziyasi bor murabbiylar
Bundan keyin “S” licenziyasiga ega murabbiylar faqat bolalar futbolida faoliyat yuritishadi. Ularga hech qanaqasiga asosiy tarkib tugul, o'rinbosarlarda va hatto birinchi ligada ham yordamchi murabbiy, massajchi, ilmiy-uslubchi, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha, darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlashiga ruxsat berilmaydi. Kimda “S” licenziyasi bo'lsa, u faqat bolalar futbol maktablarida ishlashi mumkin.
PFL Kubogi
Har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan PFL Kubogi bu safar 2-18 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqa sanasiga o'zgartirish kiritilishi mumkin.
Legionerlar uchun 10 million
2015 yilgi futbol mavsumi uchun oliy liganing har bir klubi jamoa bilan shartnoma imzolagan O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan futbolchi, murabbiy, xodim uchun PFL hisob-raqamiga 10 million so'm o'tkazib beradi. Masalan, bizda legionerlar limiti 3+1 ekanligini hisobga olsak, kim nechta legioner taklif etishiga qarab har birining “zayavkasi” uchun qo'shimcha 10 mln. so'm to'laydi. Bu gap O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan murabbiylarga ham tegishli.
1997-98lar turniri
1997-98 yillarda tug'ilgan futbolchilar bu yil jahon chempionatiga chiqa olishmadi. Endi ularning o'yin amaliyotisiz qolib ketmasligi uchun kelasi yil aynan shu yoshdagi futbolchilar o'rtasida Respublika birinchiligi tashkil etiladi. Oliy liganing 16ta klubidan shu yoshdagi tarbiyalanuvchilar sakkiztadan ikki mintaqaga bo'linadi. O'zaro o'yinlar bo'lib o'tgach, har bir mintaqadan to'rttadan jamoa final bosqichiga yo'l oladi. Keyinchalik esa Toshkentda 8ta jamoa o'rtasida final o'yinlari bo'lib o'tadi. Va yakunda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Championat.asia izohi: To'g'risini aytganda, mana shu g'oya zo'r bo'libdi. Bolalar futbolidan katta futbolga qadam qo'yayotgan o'smirlar uchun ayni shunday turnirlar nihoyatda kerak. To'g'ri, har bir viloyatda ichki birinchiliklar o'tkaziladi. Biroq oliy liga klubi tarbiyalanuvchilari boshqa bir oliy liga jamoasi maktabi o'yinchilari bilan o'ynash yosh futbolchilar uchun nihoyatda foydali bo'ladi. Qolaversa, bu har qanday viloyat ikkinchi ligasidan qiziqroq kechadi. Bolalar futbolini rivljlantirish uchun mana shunaqa turnirlarni ko'paytirmasak bo'lmaydi. Xullas, kecha yig'ilishda shunaqa gaplar bo'libdi. Ajab emas, PFL kelasi yildan boshlab eng shimarib astoydil ishga kirishsa-yu, ishlash qanaqa bo'lishini boshqalarga bir ko'rsatib qo'ysa.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar