So’nggi yangiliklar

10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  2 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  2 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  9 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  5

“Navbahor”: Qrimdagi so'nggi bahsda ham g'alaba Yangiliklar

“Navbahor”: Qrimdagi so'nggi bahsda ham g'alaba

Teglar :  Navbahor
O'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Qrimda o'tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bahsini bugun Evpatoriyaning “Evpatoriya” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Unda "lochinlar" 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Golga uchrashuvning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan  Bahodir Nasimov mualliflik qildi.

Ushbu o'yinda “lochinlar”  tarkibida quyidagi futbolchilar maydonda harakat qilishdi: O'tkir Yusupov, Obid Jo'raboev, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G'ofurov, SHahzod SHaymanov, Ivan Solovyov, Abdujamol Isroilov, Azizbek Turg'unboev, Zafar To'raev, Aleksandr Kasyan.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxonov, Slavko Lukich, G'iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, SHohruhmirzo Ahmadaliev, Bahodir Nasimov, Ulug'bek Aknazarov.

SHu tariqa Andrey Kanchelskis shogirdlari Qrimdagi barcha o'rtoqlik uchrashuvlarida zafar quchishdi.

Eslatib o'tamiz, bungacha namanganliklar Qrimda “Tavriya” (Simferopol, 3:2) va “Sevastopol” (Sevastopol) klublarini mag'lubiyatga uchratishgandi.

“Lochinlar”ning Qrimdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini bugun o'z yakuniga etdi. Namanganliklar ertaga yurtimizga qaytishadi. SHundan so'ng, jamoa azolariga qisqa muddatli tatil beriladi. Keyingi o'quv-mashg'ulot yig'inini esa Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkaziladi. Turkiya yig'ini 6-17 fevral kunlari o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика