Qozoq yoki o'zbek? Baxtiyor Zaynutdinovning otasi uning millati haqida gapirdi
27 apr 2021 14:25
Yangiliklar
Qozoq yoki o'zbek? Baxtiyor Zaynutdinovning otasi uning millati haqida gapirdi
Qozog'iston terma jamoasi va Moskvaning CSKA klubi yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinovning otasi Botirjon futbolchining millati haqida berilgan savolga javob berdi.
- Millatimizdan qatiy nazar barchamiz Rossiyada qozoqmiz. Agar O'zbekistonga borsak ham, u erda ham qozoq bo'lamiz, sababi shu erda tug'ilganmiz. Bundan tashqari Batekaning qonida 5 xil qon oqadi - o'zbek, qozoq, tojik, uyg'ur va ukrain, - deya takidlaydi oila boshlig'i.
- Ko'chib kelishni o'ylamaganmisiz?
- Yo'q, menda hech qachon bunday fikrlar bo'lmagan. Ko'plab qarindoshlarimiz Rossiya va O'zbekistonga ko'chib ketishdi. Nega u erga borish kerak? Bazilari qaytib kelishdi. CHet el - begona joy, masalan Rossiyada mentalitet butunlay boshqacha. Asosan rus tilida gaplashsak ham bizda osiyocha va sharqona xarakter bor.
Fikrlar