Qozog'istonda birinchi bosqich tugadi. "Aktobe" va "Irtish" kuchli oltilikda
05 avg 2013 10:25
Yangiliklar

Qozog'istonda birinchi bosqich tugadi. "Aktobe" va "Irtish" kuchli oltilikda
Qozog'iston premer ligasida birinchi bosqich o'yinlari yakunlandi.
Biz hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga etibor qaratamiz.
"Aktobe" bosh murabbiyi Evropa ligasidagi o'yinlar tufayli ketma ket ikkinchi bor premer liga o'yiniga ikkinchi tarkibni tushurdi. SHu bois Vladimir Fomichev ustozlik qilayotgan "Vostok" safarda yakka peshqadamni taslim qildi. Temur Kapadze 35-daqiqada, Aleksandr Geynrix esa 58-daqiqda zaxiradan maydonga tushishdi. Marat Bikmaev esa hamon jarohatini davolamoqda. "Aktobe" dastlabki bosqichni 47 ochko bilan birinchi o'rinda tugatdi.
AKTOBE - VOSTOK - 0:1 (0:1)
Gol: Aliev, 36 (0:1).
"Irtish" esa o'z uyida "Ordabasi"ni qabul qilib g'alaba qozondi - 2:0. Uchrashuvda ikkala hamyurtimiz asosiy tarkibda tushishdi va almashtirilishdi. Murzoev 46-daqiqada, Baqoev esa 78-daqiqada zaxiraga olindi. "Irtish" 34 ochko bilan bosqichni 4-o'rinda tugatdi.
IRTISH - ORDABASI - 2:0 (1:0)
Gollar: Kulibali, 40 (1:0). Averchenko, 89 (2:0).
"Jetisu" esa so'nggi turni o'z maydonida "Qayrat"ga qarshi o'tkazdi va durang qayd etdi - 0:0. Ruslan Melziddinov uchrashuvni to'liq o'tkazdi. SHavkat Salomov esa 80 daqiqa harakat qildi. "Jetisu" 22ta o'yinda 21 ochko to'pladi va kuchli oltilikka kira olmadi.
JETISU - KAYRAT - 0:0 (0:0)
Endi kuchli oltilikka kirgan klublar chempionlik uchun kurashni olib borishsa, qolgan olti klub premer ligada qolish uchun kurashishadi. "Aktobe" ikkinchi bosqichni 24 ochko bilan, "Irtish" esa 17 ochko bilan boshlashadi.
"Jetisu" esa 11 ochko bilan premer ligada qolish uchun kurashadi.

Fikrlar