Qozog'iston termasi bosh murabbiyi Franciyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
14 noy 2021 16:13
Yangiliklar
Qozog'iston termasi bosh murabbiyi Franciyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Qozog'iston termasi bosh murabbiyi Talgat Baysufinov JCH-2022 saralashi doirasida Franciyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Futbolchilarga qo'rqmaslikni va xarakterni ko'rsatish kerakligini aytgandim. O'yinimizni shu yo'l bilan kuchaytirishimiz mumkin. Mag'lubiyat doimo murabbiy tomonidan og'ir qabul qilinadi. Jamoada qanday muammo bo'lsa, murabbiyning bo'yniga yuklanadi.
Qaysi paytlarda qanday muammolarga uchrayotganimizni aytishim shart emas. Bu ochiq-oydin ko'rinib turibdi. Bu og'riqli holat, qabul qilish juda qiyin, biz oxirigacha kurashmadik. Bu erda o'z kuchimizga, o'zimizga ishonmadik. Taxlil qilamiz, o'z ustimizda ishlaymiz. Ammo hisob barchasini aytib turibdi", - dedi Baysufinov.
Fikrlar