Qozog'iston terma jamoasi ustozi: "Polshaga qarshi bahsda ikki ochko yo'qotdik"
05 sen 2016 12:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/220159_original.jpg)
![](/upload/storage/220159_220.jpg)
Qozog'iston terma jamoasi ustozi: "Polshaga qarshi bahsda ikki ochko yo'qotdik"
Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Talgat Baysufinov Polshaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
"Birinchidan, tug'ligan kunim bilan tabriklagan barchaga rahmat - bu kunni unutmayman. Butun qozoq millati nomidan ikkinchi bo'limdagi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim. Bir tomondan, juda xursandman, chunki Polsha bilan durang - yaxshi natija, ammo boshqa tomondan qarasak, biz ikki ochko yo'qotdik.
G'alaba uchun o'ynashimizni aytgandim - shunday bo'ldi. Bugun barcha futbolchilarimiz faqat maqtovga munosib. 0:2 hisobida mag'lub bo'layotib umidimizni yo'qotganimiz yo'q. Bu uchrashuv hammaga yoqdi deb o'ylayman" - deydi Baysufinov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar