Qozog'iston chempionatining qachon davom ettirilishi malum bo'ldi
20 may 2020 12:12
Yangiliklar


Qozog'iston chempionatining qachon davom ettirilishi malum bo'ldi
Qozog'istonda futbol mavsumining qachondan davom etishi malum bo'ldi.
Qozog'iston professional futbol ligasi rahbariyati Premer-liganing 3-tur o'yinlarini iyun oyi boshi (6-7 iyun)da o'tkazishmoqchi.
Ammo, ushbu sanalar Sport va sanat vazirligining mamlakatning bosh sanitar vrachi bilan maslahatlashuvidan so'ng rasmiy ravishda elon qilinadi.
Qayd etish kerakki, mavsumning qolgan barcha o'yinlari bo'sh tribunalar ostida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, chempionat pauzasiga qadar "Astana" klubi jadvalda etakchilik qilayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
02:58
Belgiya Pro ligasi. "Antverpen" o'z maydonida durang o'ynadi, O'rinboev zaxiradan maydonga tushdi 1

Fikrlar