Qozog'iston chempionatida legionerlar taqiqlanishi mumkin
22 fev 2018 17:21
Yangiliklar
Qozog'iston chempionatida legionerlar taqiqlanishi mumkin
Qozog'iston sport va madaniyat ishlari vaziri Aristanbek Muhameduli Atirauda sportchilar bilan uchrashuvda mamlakat chempionatida legionerlar taqiqlanishi mumkinligi haqida aytdi.
"Joriy yil Qozog'istonda faqat mahalliy futbolchilar o'ynashi haqida savol o'rtaga qo'yiladi. Bundan tashqari tumanlar rahbarlariga barcha maktablardagi boshlang'ich sinflarga mashg'ulot o'tkazishda yordam berishni taklif qilamiz" - deydi Muhameduli.
Vazirning aytishicha, Janubiy Koreyada o'tayotgan Olimpiadada faqat qozog'istonlik soprtchilar ishtirok etmoqda.
Hozir Rossiya, Belarus, Armaniston va Qirg'iziston fuqarolari Qozog'iston chempionatida legioner sifatida hisoblanmaydi. Ayni damda klublar qaydnomaga ko'pi bilan 8 nafar legioner kiritishi va maydonga 6 chet ellik futbolchi tushirishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar