Qozog'iston chempionati. "Qayrat" "Turon"ga imkoniyatni boy berdi, Jaloliddinov bir taym o'ynadi
23 apr 2022 20:38
Yangiliklar
Qozog'iston chempionati. "Qayrat" "Turon"ga imkoniyatni boy berdi, Jaloliddinov bir taym o'ynadi
Olmaotadagi uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi. Hal qiluvchi golni 31-daqiqada Azat Nurgaliev penaltidan urdi.
Hamyurtimiz Jasurbek Jaloliddinov ikkinchi taymda o'z o'rnini Yacek Guralskiga bo'shatib berdi.
"Qayrat" – "Turon" 0:1
Gol: Azat Nurgaliev penalti 31'
"Qayrat": Danil Ustimenko, Sultanbek Astanov, Viktor Vasin, Damir Kasabulat, Sergey Keyler, Egor Tkachenko, Rikardu Alvesh, Jasurbek Jaloliddinov (Yacek Guralski, 46), Andrey Ulshin (Anton Krachkovskiy, 46), Joao Araujo Paulo, Artur SHushenachev
"Turon": Erjan Tokotaev, Andrey Zaleskiy, Oljas Kerimjanov, Aleksandr Kleshenko, Abdullai Diakate, Farxad Musabekov, Azat Nurgaliev, Toni Britu Silva Sa, Lev Skvorcov, Erkin Tapalov, Samir Fazli
Qayd etish joiz, olmaotaliklar mavsumdagi birinchi mag'lubiyatni qabul qilib olib, 1-o'ringa ko'tarilish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi.
"Qayrat" 8-turni mehmonda "Ordabasi"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar