Qozog'iston chempionati 3-turini “yondirgan” o'zbekistonliklar “man of the match” sovrinini qo'lga kiritishdi
15 mar 2023 08:25
Yangiliklar


Qozog'iston chempionati 3-turini “yondirgan” o'zbekistonliklar “man of the match” sovrinini qo'lga kiritishdi
Qozog'iston chempionati navbatdagi turi o'zbekistonlik futbolchilarga ataldi.
“Ordabasi” o'z maydonida “Jetisu”ni qabul qilib, Bobur Abdixoliqov va SHahboz Umarovning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida esa Abdixoliqov etirof etildi.
3-tur doirasida “Tobol” Igor Sergeevning dubli evaziga “SHaxtyor”dan (2:1) ustun keldi. Sergeev mazkur bahsning eng yaxshisi nomini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, “Ordabasi” va “Tobol” hisobida 9 tadan ochko bor hamda ular “Aktobe” bilan birga chempionat joriy mavsumida yo'qotishlarsiz kelishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar