So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  2 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  4 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Qotilliklar ichra o'tgan dahshatli bolalik, otasi tug'ilishidan avval vafot etgan, 6 oyligida onasi tashlab ketgan - faoliyatini yakunlayotgan Karlos Teves tarixi Yangiliklar

Qotilliklar ichra o'tgan dahshatli bolalik, otasi tug'ilishidan avval vafot etgan, 6 oyligida onasi tashlab ketgan - faoliyatini yakunlayotgan Karlos Teves tarixi

Karlos faoliyatini shunday boshlagan.

2020 yilning noyabr oyida Karlos Teves "Boka" Libertadores Kubogidagi ishtirokini yakunlagach, faoliyatiga ham nuqta qo'yishini ommaga malum qildi. Payshanba kuni "Santos" "Boka"ni yarim finalda mag'lub etdi, Teves esa katta ehtimol xayrlashuv nutqini tayyorlamoqda. Biz esa siz bilan Teves Fuerte Apache rayonidan – u er haqida eshgitganlar, Argentinaning bu tumanida hayot juda qo'rqinchli ekanini yaxshi biladi va qaxramonimiz ana o'sha erlardan katta futbolga kirib kela olgan.

2006 yil 30 iyun. Argentina termasi JCH chorak finalida Germaniya bilan to'qnash keldi. Teves o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

Jamoadoshlari bilan Berlin ko'chalaridan o'tib borarkan, Karlos o'tmish haqida xotiralari og'ushiga g'arq bo'ldi. "Sen chiqib ketish o'ta qiyin joylardan chiqa olding, shuning uchun ham bugun bor kuchingni maydonda qoldirishing zarur", — derdi Karlos hayolan o'ziga-o'zi. U lattadan yasalgan to'plarda futbol o'ynash "zavqini" eslab, yanada kuchga to'lardi. Karlos Fuerte Apache uchun qo'lidan kelganini qilishni istardi. U erlarda kamdan-kam hollarda hayot tinch, xotirjam bo'ladi. Xuan ko'cha otishmasida 23 ta (!) o'q tegib, vafot etgan. Bir necha oy oldin u va ayoli Trina farzandli bo'lishlari haqida xabar topishgandi. Karlos dunyoga kelganda otasi bu olamni tark etib bo'lgandi.

Bo'lajak futbolchi 6 oyligida onasi uni tashlab ketadi. Ammasi va amakisi bo'lmaganida bolakay yolg'iz qolib ketardi. 10 oyligida Karlos qaynoq suv to'la choynakni ustiga to'kib yuboradi, shoshilinchda chaqaloqni ipakli ko'rpaga o'rashadi va shifoxonaga chopishadi. Qaynoq suv tafti sabab ko'rpa bolakay tanasiga yopishib qoladi va birinchi hamda ikkinchi daraja kuyishini yanada kuchaytirib yuboradi. Teves deyarli ikki oy jonlantirish bo'limida yotadi: yuzi, tomog'i va ko'kragida chandiq qolgan. Teri jiddiy ravishda zarar ko'radi. "Mening chandiqlarim tasodifan paydo bo'lgan, — aytib berardi Teves. — Men hali juda kichik bolakay bo'lsam-da, o'sha voqea butun hayotimga tasir qildi. CHandiqlar — mening o'tmishim va bugunimning bir bo'lagi. Ular tarixdan darak berib, xuddi: "Men omon qoldim!" degandek bo'ladi.

Fuerte Apacheda Karlos doimo policiya mashinasi sirenalari, baqiriq va otishma ovozini eshitib katta bo'ldi. Otilgan o'q ularning uyi oynasiga tekkanda, yaqinlari erga yotib, faqat duo qilishardi. Tongda esa Karlos jasadlar oralab, maktabga borardi: "Yoshligimda ko'chaga yolg'iz chiqmaslikka harakat qilardim, chunki bu juda xavfli edi. Kechalari shahrimiz xuddi fuqarolar urushi avjiga chiqqan paytlardagi Beyrutni eslatardi. SHahar ko'chalari ichib, chekib olganlar bilan to'la bo'lardi. Ularning hayoti spirtli ichimliklar va giyohvandlik moddalari bilan to'lgandi. Ko'pchilik o'g'rilik bilan shug'ullanar va buni pul topishning oson yo'li deb atashardi. Bu pullar esa shu zahoti ichkilik va narkotikga ketardi. Tongda ular yana bir tiyinsiz uyg'onishar hamda yana biror erni o'marish payiga tushardilar". Turli guruhlar joy talashgan narkotiklar va jinoyatchilar dunyosidan Tevesni faqat futbol qutqara olardi. Bo'lajak yulduzning do'sti Danilo Sanches ham o'sha dunyoda vafot etgan. "Men ham deyarli hamma kabi ichkilik hamda giyohvandlik moddalarini tanlashim mumkin edi, ammo boshqa yo'ldan ketdim. O'shandan buyon boshqalarni hurmat qilish va o'zimni ayamaslikni o'rgandim", — xotirlaydi argentinalik.

Teves o'g'ri, giyoxvand va qotillar bilan yonma-yon yashagan, lekin tanlash imkoni bo'lsa ham boshqa bolalikni istamasligini aytgan: "Fuerte Apacheda bir nechta do'stlarim bor. Ularning aytishicha men umuman o'zgarmaganman. Argentinaga borganimda ular bilan uchrashish uchun oldilariga boraman. Men Fuerte Apacheda katta bo'lganman, shu sabab ham hech qachon o'yinlar vaqtida taslim bo'lmayman. Yoshligimda eyishga bir burda nonim topilmagan vaqtlar ham bo'lgan. Kurashishga majbur edim. Menimcha, maydonda ham shunga o'xshash holatda harakat qilaman. Men har bir to'p uchun oxirigacha kurashaman — shuning uchun ham bolaligimda omon qolganman", — degan edi Teves.

Karlos o'zi kabi joylarda katta bo'lgan bolalarga "boshqacha" munosabatda bo'lishlarini istamaydi. "Fuerte Apacheda ham, Argentinaning istalgan shahridagi kabi yaxshi odamlar katta bo'lishi, yaxshi insonlar etishib chiqishini isbotlash zarur. Hamma odam ham yomon emas. U dunyodan chiqib ketish o'ta mushkul. Atrofdagi barchaga Fuerte Apache — faqatgina jinoyatchilar maskani emasligini isbotlash lozim, — deb hisoblaydi futbolchi.

Biz Teves to'pga har bir teginishidan zavq olayotganini ko'rib, guvohi bo'lganmiz. Ammo Karlos mardlik qilib, bir narsani ochiqchasiga tan olgan: u futbolga unga bo'lgan mehri sabab emas, pul uchun kelgan: "Ko'cha jangida meni bir nechta tishimni tushirib qo'yishgan. CHunki Apacheda siz doimo pul uchun futbol o'ynaysiz. Hatto bolaligingizda ham. Ovqat va boshqa xarajatlar uchun etarli pul topishning boshqa yo'li yo'q edi. Men futbolni yaxshi o'ynaganim sabab odamlar ularning jamoasida o'ynashim uchun menga pul to'lashardi. Ko'cha futboli — dunyodagi ajabtovur narsalardan biri. Faqat sen va do'stlaring qolgan hammaga qarshi. U erda hech kim hech kimni ayamaydi". Teves maktabga borish shart bo'lmasa, kechgacha do'stlari bilan futbol o'ynardi. Ular futbol o'ynagan joylarda shpriclar va oyna siniqlari bo'lardi. "Biror eringni kesib olmaslik va qandaydir kasalni yuqtirib olmaslik uchun ehtiyotkor hamda chaqqon bo'lishingiz talab qilinardi", — deydi futbolchi.

Teves boshida "Santa Klara"da o'ynagan, keyinchalik "Oll Boyz" skautlari etiboriga tushgan. Ular Fuerte Apachega iqtidorli futbolchilarni izlab kelishardi. Karlos skautlarni qoyil qoldiradi, lekin amakisi Segundo uni qo'yib yuborishni istamagan: "Karlosni u erlarga jo'natolmayman, uning hatto oyoq kiyimi ham yo'q". Murabbiy esa javoban: "Oyoq kiyimni o'zim topaman, siz faqat unga ruxsat bering".

Futbol tarixida o'ziga xos iz qoldira olgan futbolchining ajoyib sayohati shunday boshlangan edi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi 

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика