Qosimov Vetnam va Gonkongga qarshi o'yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni elon qildi
06 noy 2013 16:09
Yangiliklar


Qosimov Vetnam va Gonkongga qarshi o'yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni elon qildi
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mazkur yig'inga jami 24 nafar futbolchini jalb etgan. Qosimov boshchiligidagi milliy terma jamoa yig'iniga Vohid SHodiev (Buxoro), hamda SHaxzod Nurmatovlar (Metallurg) ilk bor chaqirilgani etiborga molik.
Takidlash joiz, Sanjar Tursunov (Gazovik) va Bahodir Nasimovlar (Neftchi) Toshkentdagi yig'inga 11 noyabr kuni kelib qo'shilishsa, Odil Ahmedov 12 noyabr kuni ertalab milliy terma safiga kelib qo'shiladi. Janubiy Koreyaning Seongnam klubi sharafini himoya qilayotgan milliy terma jamoa sardori Server Jeparov terma jamoa safiga Vetnamda qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Xanoida Vetnamga qarshi, 19 noyabr kuni esa safarda Gonkongga qarshi OK-2015 saralashi uchrashuvlarida maydonga tushadi. Qosimov shogirdlari ayni damda saralashning E guruhida 4 ochko bilan 2 o'rinda borayotgan bo'lsa, uch o'yinda uchta g'alabaga erishgan BAA terma jamoasi guruhda peshqadamlik qilmoqda.
O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi doirasidagi Vetnam va Gongkong terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar uchun elon qilgan kengaytirilgan tarkibi:
Darvozabonlar: Eldor Suyunov (Nasaf), Aleksandr Lobanov (Paxtakor), Murod Zuhurov (Bunyodkor).
Himoyachilar: Anzur Ismoilov (CHangchun Yatai, Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev (Lokomotiv), Islom Inomov (Lokomotiv), Vitaliy Denisov (Lokomotiv Moskva, Rossiya), Vladimir Kozak (Paxtakor), SHavkat Mullajonov (Liaoning, Xitoy), Davron Hoshimov (Paxtakor).
Yarim himoyachilar: Aziz Haydarov (Ash-SHabob, BAA), Fozil Musaev (Al-Muayzir, Qatar), Sanjar Tursunov (Gazovik, Rossiya), Jasur Hasanov (Bunyodkor), Odil Ahmedov (Anji, Rossiya), Temur Kapadze (Aktobe, Qozog'iston), Jamshid Iskanderov (Paxtakor), Sardor Rashidov (Bunyodkor), Server Jeparov (Syongnam Ilva, Janubiy Koreya).
Hujumchilar: Bahodir Nasimov (Neftchi, Ozarbayjon), Igor Sergeev (Paxtakor), Vohid SHodiev (Buxoro), SHahzod Nurmatov (Metallurg), Ivan Nagaev (Lokomotiv).
Fikrlar