So’nggi yangiliklar

02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  2 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  79 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Qo'shnilarimiz yana syurpriz ko'rsatadimi? "Istiqlol"ga natija keltirayotgan asosiy qurol nima? Vitaliy Levchenko bilan intervyu Yangiliklar

Qo'shnilarimiz yana syurpriz ko'rsatadimi? "Istiqlol"ga natija keltirayotgan asosiy qurol nima? Vitaliy Levchenko bilan intervyu

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi OCHL joriy yilgi mavsumida o'zining natijalari bilan ko'pchilikni hayron qoldirayotgani aniq.

Musobaqadan oldin guruh autsayderi sifatida qaralgan qo'shnilarimiz dastlab AGMK, so'ng "Al Hilol" va amirliklarning "SHabab Al Ahli" jamoalaridan g'alabani tortib olishni uddasidan chiqdi. BAA klubi ustidan qozonilgan g'alaba amalda dushanbeliklarga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim qildi. Biz mana shu uchrashuvlar va boshqa mavzularda jamoa bosh murabbiyi ukrainalik mutaxassis Vitaliy Levchenkoni suhbatga chorladik.

-  Vitaliy Grigorevich "SHabab Al Ahli" bilan o'yinga futbolchilarni qanday tayyorladingiz?  CHunki bunga qadar "Istiqlol"ning kuchini va imkoniyatlaridan barcha xabardor bo'lgan, jamoa qayd etayotgan natijalar Osiyoga ovoza bo'ldi. Bunday pallada futbolchilarning hayoli va ruhiyati bo'linishi mumkin...

- "SHabab Al Ahli" bilan uchrashuvdan oldin raqibning barcha o'yinlarini chuqur tahlil qilib chiqdik. Ularning biz bilan birinchi o'yinini, AGMK bilan uchrashuvni diqqat bilan kuzatdik. Amirliklar 30-daqiqadayoq o'yin taqdirini hal qildi. SHuning uchun barcha epizodlarga etibor bergan holda kerakli taktika tanlandi. Ular hujum qilishini sezgan holda o'yinni himoyadan qarshi hujumdan qurdik, deya olaman. To'g'ri, o'yin davomida o'z o'yinimizni to'liq ko'rsata olmagan bo'lishimiz mumkin. Har uch kunda maydonga chiqish ham jismoniy, ham ruhan futbolchilarni toliqtiradi. Bunday pallada navbatdagi uchrashuvga tiklanish oson kechmaydi. Meni xursand qilgan tomoni shogirdlarim so'nggi daqiqalarda kuch topa olishdi. O'yin yakuniga bir necha soniyalar qolganida qarshi hujumdan unumli foydalanib raqib darvozasini ishg'ol qildik. Bu quvontirmay qolmaydi. Biz haqimizda ko'pchilik gapirayotgani va ijobiy fikrlar qulog'imizga chalinayotgani bir tomondan yoqimli. Ikkinchi tomondan futbolchilarimga doim OAVlarga ortiqcha chalg'imasliglarini aytaman. Internetdagi xabarlarni kamroq o'qishlarini talab qilib, nazariy mashg'ulotlarda ko'proq o'yinchilarimning ruhiyatini va diqqatini bir joyga jamlashlarlariga etibor beraman. Har doim oldingi o'yinlarni esdan chiqarib bo'lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Yigitlar buning uddasidan chiqishmoqda.

- Jamoa hozirda o'z o'yinini va salohiyatini to'liq ko'rsata oldimi? Yoki navbatdagi bosqichda yana kutilmagan suyurprizlarni ko'ramizmi?

- Jamoamning salohiyati haqida ko'p gapirishim mumkin. Ha, futbolchilarimizda katta potencial bor. Ammo uni har doim ham to'liq yuzaga chiqara olishmaydi. Bunga etib kelishimizga hali bor. Aytganimdek futbolchilarning imkoniyatidan 100 foiz foydalana olganimizcha yo'q. O'yindan-o'yinga harakatlarimiz yanada mukammallashib boradi. Guruh bosqichida bitta o'yinimiz qoldi. Biz mazkur bahsda sifatli futbol ko'rsatishni istaymiz va g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Futbolchilarning jismoniy imkoniyatini va holatini keyingi o'yinlarga ham to'g'ri taqsimlash, ulardagi chidamlilikni oshirish borasida nima deya olasiz? Ko'p jamoalarda jismoniy holat bilan bog'liq muammolar ko'zga tashlanmoqda...

- OCHLga tayyorgarlik jarayonida bunga ahamiyat bergandik. Tojikistonda va Turkiyada yig'inlar o'tkazganmiz. Xalqaro maydondagi bellashuvlarga futbolchilarning jismoniy imkoniyatini to'g'ri taqsimlay oldik. Ularning kuchi ikkita taymga ham etmoqda. Bu yig'inlarda yaxshi ishlaganimizni anglatadi. Bilasiz taqvim oddiy emas. SHuning uchun tarkibda rotaciyalarni amalga oshirmoqdamiz. Umumiy qilib aytganda jismoniy holatimiz yaxshi. Faqat to'g'ri foydalanishimiz darkor

- O'z vaqtida Tojikiston yoshlar terma jamoasida faoliyat olib borgansiz. Yoshlar bilan ishlash ko'nikmasi bor. Bu sizga hozirda qo'shimcha ustunlik beryapti desak bo'ladimi?

- To'g'ri takidladingiz. Tojikiston yoshlar terma jamoasini boshqarganman. Hozirda "Istiqlol" tarkibida o'sha terma azolari bor. Vahdat Hanonov, Muhammadjon Rahimov, Zoir Jo'raboev shular jumlasidandir. Ha, yoshlar futboli bilan tanishman. Tajriba yillar davomida shakllanadi. OCHL yosh futbolchilar biz murabbiylarga katta tajriba maktabini o'tamoqda.

- "Istiqlol"da o'ynab ketgan sobiq futbolchi Fatxullo Fatxulloev bilan suhbatlashganimizda bundan buyon jamoani to'xtatish qiyin degan fikrni aytdi. Nima deb o'ylaysiz, jamoaning kuchi qaysi bosqichga qadar etadi?

- Jamoaning sobiq futbolchisidan bunday fikr eshitish yoqimli holat hisoblanadi. Futbol bu o'yin. O'yinda hamma narsa ro'y berish ehtimoli mavjud. Biz natijaga intilmoqdamiz. Turnirda o'z maqsadlarimiz bor. Musobaqaga kelishimizdan oldin oldimizga aniq vazifa qo'yilgan. Mana shu masuliyatni engib o'tayotganimiz xursand qilmoqda. Jamoadagi barchaga o'zimni katta rahmatimni aytib qolaman. Qaysi bosqichga qadar etib bora olamiz? Bu savolga javob berish qiyin.

- Guruh bosqichida kuchli raqiblar bilan to'qnashuvlarda jamoaning asosiy quroli nima bo'ldi?

- Gap tayyorgarlikda. Uchrashuvlarga texnik, taktik, ruhiy va jismoniy jihatdan puxta hozirlik ko'rib tushmoqdamiz. Qiyin holatlarda esa futbolchilardagi xarakter birinchi o'ringa chiqadi. Agarda o'yinchida iroda bo'lsa bosimni engib o'tishi oson kechadi. Jamoamda xarakter bor. Raqiblarga taktik tomondan yondashyapmiz. SHuningdek yuqorida takidlaganimdek jismoniy holatni ham bir maromida ushlab turishga harakat qilmoqdamiz. Kuchli raqiblarni mag'lub etsangiz o'z-o'zidan ruhiyatingizdagi chidamlilik oshadi. Mana shu omillar bizga natija keltiryapti, deb o'ylayman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика