So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  1 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  4 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Qo'shnilarimiz futbolda qanday yutuqlarga erishishmoqda? Yangiliklar

Qo'shnilarimiz futbolda qanday yutuqlarga erishishmoqda?

So'nggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol jadallik bilan o'sib bormoqda. O'zbekiston ancha oldin Osiyoning futboli rivojlangan davlatlari qatoriga kirgan.

Qo'shni mamlakatlar Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikistonda esa futbolga bo'lgan etibor endi-endi kuchayib bormoqda. Biz o'quvchilarimiz etiboriga mazkur mamlakat terma jamoalari va klublari erishayotgan yutuqlar haqida malumot berishga qaror qildik.


QIRG'IZISTON

Qirg'iziston terma jamoasi so'nggi yillarda keskin ravishda kuchaydi. 2014 yildan buyon terma jamoani rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin boshqarib kelmoqda. 1978 yilda tug'ilgan yosh murabbiyning Qirg'iziston futbolidagi yuksalishda katta o'rni bor.  Krestinin boshqaruvida Qirg'iziston terma jamoasi jami 28ta o'yin o'tkazdi va ularning yarmida g'alaba qozona oldi. Besh marta raqiblar bilan durang qayd etildi va qolgan 9ta uchrashuvda imkoniyat  boy berildi.

Qo'shnilarimiz shu yilning mart oyida 2019 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga yo'llanmaga ega chiqishdi. 22 mart kuni Myanmani 5:1 hisobida mag'lub etgan Qirg'iziston o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogiga chiqdi.

Krestinin shogirdlari saralash bosqichida Hindiston, Myanma va Makao bilan bir guruhda ishtirok etishdi. 6ta o'yinda 4ta g'alaba, 1ta durang va bir mag'lubiyat qayd etgan jamoa Hindiston kabi 13 ochko bilan, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab yo'llanmaga ega bo'ldi.



Terma jamoa ustozi may oyida bo'lib o'tgan qura tashlash marosimidan keyin bergan intervyusidagi quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan edi: - Biz Osiyo Kubogida debyutantmiz, yani tarixda birinchi marta qatnashamiz. SHu bois boshqalarning bizga nisbatan qanday munosabatda bo'lishini bilmayman. Lekin biz ham o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Osiyo Kubogiga chiqish futbolchilar uchun ham, muxlislar uchun ham katta voqeilik bo'ldi.  O'ylaymanki, o'yindan o'yinga o'sib boryapmiz. Lekin Osiyoning boshqa jamoalari bilan solishtirganda kamchiliklarimiz ko'p. Hali Osiyo Kubogida shov-shuv yaratishga harakat qilamiz. Guruhimiz oddiy emasligi ko'rinib turibdi. Umuman olganda har bir guruh o'ziga yarasha murakab. Xitoyda dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri Marchello Lippi ishlayapti. Janubiy Koreya esa Osiyoning etakchi jamoalaridan biri hisoblanadi. Filippinda amerikalik mutaxassis ishlayapti va uni yaqindan bilaman".

Qirg'iziston terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida sentyabr oyida o'z maydonida Falastin (1:1) va Suriya (2:1) bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi. 16 oktyabr kuni jamoa Kuala-Lumpurda Malayziya bilan o'ynaydi. Noyabrning 20 sanasida Toyota shahrida Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Qo'shnilarimiz Osiyo Kubogida Xitoy, Janubiy Koreya va Filippin bilan bir guruhdan joy olishgan.

Qirg'iziston terma jamoasi 2013 yil mart oyida FIFA reytingida 201-o'rinda edi. 2018 aprel oyidagi reytingda esa jamoa dunyoda 75-o'ringa chiqib oldi. Bu Qirg'iziston uchun rekord bo'ldi. Bugungi kunda qo'shnilarimiz 91-pog'onada borishmoqda. Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi hozirda FIFA reytingida 96-o'rindan joy olgan.


Aleksandr Krestinin


Bugungi Qirg'iziston terma jamoasi yulduzi Azamat Boymatov hisoblanadi. 1988 yil tug'ilgan himoyachi 2017 yil dekabr oyidan buyon Indoneziyaning "Borneo" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Biroq u BAAdagi Osiyo Kubogida ishtirok eta olmaydi. 7 iyul kuni o'z klubi safida og'ir jarohat oldi va yaqinda operaciya qilindi. Boymatov taxminan 5-6 oy davolanishi kerak bo'ladi.  

"Har bir xabarni o'qib chiqdim! Barchaga rahmat. Oilamga, yaqinlarimga, murabbiylarimga, hamkasblarimga, muxlislarga qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman! Operaciya qildirmaslik uchun oxirigacha intildim, ammo nachora. Hayot davom etadi. Yanvar oyida Osiyo Kubogi-2019 bo'lib o'tadi, yozda JCH-2022 saralash bahslari start oladi, mana shunga men 200% tayyor bo'lishim kerak! Taslim bo'lmayman. Hali Osiyo Kubogida ishtirok etaman, axir bu mening orzum! O'z mamlakatimni sevaman va terma jamoa azosi ekanligimdan faxrlanaman", - dedi Azamat Boymatov operaciyadan keyin.

Terma jamoa asosiy darvozabonlaridan biri bo'lgan Pavel Matyash 2018 yilni Olmaliqning AGMK klubida boshlaganidan xabaringiz bor. Ushbu posbon Viktor Kumikov davrida AGMKning asosiy darvozaboni bo'lgandi. Biroq ayni paytda Matyash O'zbekiston klubini tark etgan.

Qirg'iziston terma jamoasi hujumchisi Vitaliy Lyuks Germaniya to'rtinchi ligasida ishtirok etuvchi "Ulm 1846" klubida to'p tepib kelmoqda. Yarim himoyachilar Edgar Bernxardt Polshaning "Tixi", Baxtiyor Duyshobekov Malayziyaning "Kelantan" klubi safida faoliyat olib borishmoqda. Terma jamoaning yana bir yulduzlaridan biri Anton Zemlyanuxin mavsum boshida Olmaliqning AGMK klubi safida ko'rikdan o'tgandi. Qirg'izistonlik hujumchi Mirlan Murzoev Turkiyaning "Somaspor" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Qirg'izistonlik mashhur qanot hakami Bahodir Qo'chqorov o'tgan oy Toshkentga kelgan va O'zbekiston hamda Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida ishlagandi. Tajribali hakamdan Qirg'iziston terma jamoasi haqida so'raganimizda mana shunday javob bergan edi: - Qirg'iziston o'z tarixida birinchi bor Osiyo Kubogiga chiqdi. Demak oldinga siljish bor. Lekin bugungi kunda yoshlarda "pijonlik" ko'payib ketdi. Qirg'iziston terma jamoasida pul uchun o'ynash kerak emas, vatan uchun maydonda borini berish kerak. Mayli yutqazsin, lekin o'sha o'yindan keyin muxlislar olqishlab kuzatib qo'yishsin. SHaxsan o'zim Rossiyaga borib, mundial bahslarini stadionlardan ko'rdim. Rossiya terma jamoasi chorak finalda yutqazdi, lekin muxlislar futbolchilarni xalq qahramoni sifatida qo'llarida ko'tarib yurishibdi. Qirg'iziston terma jamoasi yangi tarix yaratishiga ishonaman. Qirg'izistonlik hakam Jahon chempionatida ishladi, endi terma jamoa chiqishi kerak. Murabbiylar xorij davlatlarida ishlashlari lozim, futbolchilar ham legioner sifatida o'ynashlari kerak. Bitta joyda o'ynayverish kerak emas.

O'zbekiston va Qirg'iziston mamlakatlari o'rtasidagi munosabatni yanada yaxshilash maqsadida ko'p ishlar qilinmoqda. SHu o'rinda joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Qirg'iziston Respublikasining Batken shahrida qo'shni davlatlar o'rtasidagi aloqalarni sport orqali ham yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Farg'ona vodiysi kubogi” bo'lib o'tdi. Unda Tojikistonning “Xo'jand”, Qirg'izistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, O'zbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishdi. Uchrashuvlar Batken shahridagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tdi. Musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda, ushbu klublarning 12 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilari ham o'zaro g'oliblik uchun kurash olib borishdi.



Iyun oyida Qirg'izistonning Jalolobod shahrida Qo'chqor-Otaning va Farg'onaning "Neftchi" klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Sentyabr oyida esa Qo'chqor-Ota klubi Namanganga kelib "Navbahor" bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Qirg'iziston futbol Federaciyasi prezidenti Semetey Sultanov bugungi kunda mamlakat futboli haqida mana shunday intervyu bergandi: - Og'ir damlarni boshdan kechirgan bo'lishimizga qaramay, Qirg'izistonda futbol sekin-asta kuchayyapti deya olaman. Umuman olganda, sportning bu turi mamlakatimizda birinchi raqamga aylanmoqda. Osiyo Kubogiga chiqqanimizdan keyin futbolga qiziquvchilar soni yanada oshsa ajab emas. SHu o'rinda xohlardimki, buyog'iga hukumatimiz moliyaviy tomondan futbol rivoji uchun katta yordam ko'rsatsa. Ishonasizmi, biz Osiyo Kubogiga juda kam mablag' evaziga chiqdik. Ko'p qiyinchiliklarni ko'rdik. Pul tomonlama muammolar tez-tez ko'zga tashlandi. Endi esa musobaqaning final bosqichida mamlakatimiz hukumati yordamisiz hech narsaga erisha olmaymiz. SHu bois davlatimiz rahbarlaridan futbol uchun federaciyaga va terma jamoaga yordam berishlarini so'rab qolaman.



TURKMANISTON

27 oktyabr kuni 2018 yilgi OFK kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Iroqning "Al Quva Al Javiya" klubi Turkmanistonning "Oltin Asr" klubi bilan kuch sinashadi. Turkmaniston klubi tarixda ushbu musobaqa finaliga chiqdi. Klubni boshqarayotgan Yazguli Xojageldiev bugungi kunda mamlakat terma jamoasining ham bosh murabbiyi hisoblanadi. "Oltin Asr" guruh bosqichida Markaziy Osiyo klublari "Istiqlol" (Tojikiston), "Ahal" (Turkmaniston) va "Oloy"ni (Qirg'iziston) ortda qoldirib chorak finalga chiqdi. Bu bosqichda klub Hindistonning "Bengaluru" jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra jami 5:2 hisobida mag'lub etdi. Yarim finalda KXDRning "25 aprel" klubi bilan ikkala uchrashuvda ham durang o'ynagan "Oltin Asr" safardagi gol qoidasiga ko'ra finalga yo'llanma oldi.

Bu yilgi OFK kubogida klub hujumchisi Altimurat Annadurdiev 8ta, Vohit Orazsaxedov esa 5ta gol urishning uddasidan chiqishdi. Aynan mana shu o'yinchilar "Oltin asr"ning bugungi kundagi asosiy kuchlari hisoblanadi. Turli yillarda "Rubin", "Rostov", "Osmanlispor" kabi klublrda o'ynagan Orazsaxedovni rossiyalik futbol muxlislari yaxshi taniadi.


"Oltin Asr" klubi 


"Oltin Asr"ning OFK kubogidagi muvaffaqiyatli yurishi evaziga Turkmaniston OFK reytingida o'z ochkolarini anchagina ko'paytirib oldi. Natijada 2021-2022 yillarda Turkmaniston chempioni Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Qita chempionati saralashida Turkmaniston terma jamoasi Bahrayn, Xitoy Taypei va Singapur bilan bir guruhdan joy oldi. 6ta uchrashuvda 10 ochko to'plagan qo'shnilarimiz Bahrayn bilan birga BAAdagi Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Turkmaniston o'z tarixida ikkini bor qita chempionati final bosqichida ishtirok etadi. Birinchi ishtirok 2004 yil Xitoydagi musobaqada sodir bo'lgan. Qizig'i o'shanda ham qo'shnilarimiz O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olishgan edi. 2019 yil BAAda o'tadigan Osiyo Kubogida ham Turkmaniston biz bilan bitta guruhga tushdi.


Yazguli Xojageldiev


Bugungi kunda Turkmaniston terma jamoasini Yazguli Xojageldiev boshqarib borayotgani haqida yuqorida yozdik. 41 yoshli murabbiy 2010-2013 yillarda ham terma jamoa ustozi sifatida ishlagan. Murabbiylik faoliyatini 2006 yil 30 yoshida boshlagan Xojageldiev birinchi yildayoq MTTUni mamlakat chempioni qildi. So'nggi yillarda Turkmanistonning eng kuchli murabbiylaridan biri hisoblangan Xojageldiev 2010 va 2012 yillarda terma jamoani OFK CHaqiruv kubogi musobaqasida finalga qadar olib chiqqan. Ikki klub bilan olti marta Turkmaniston chempioni bo'lgan, 4 marta mamlakat kubogi va 2 bor Turkmaniston Superkubogi sohibiga aylangan. O'zbek muxlislari uchun yaxshi tanish bo'lgan Gochguli Gochguliev ayni paytda Turkmaniston terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelmoqda.



Turkmaniston terma jamoasi safida bugungi kunda "Buxoro" klubida o'ynayotgan Arslonmurot Omonov etakchi hisoblanadi. Bundan tashqari CHexiyaning "Pribram" klubida o'ynayotgan Ruslan Mingazov ham jamoada o'z o'rniga ega. Turkmanistonlik Elman Tagaev, Ilya Tamurkin, Sardorali Ataev, Altimurat Annadurdiev kabi futbolchilar turli yillarda O'zbekiston klublarida to'p tepishgan yoki ko'rikdan o'tishgan.

Bu yil Turkmaniston oliy ligasida 8ta klub ishtirok etmoqda. 23ta turdan so'ng 50 ochko to'plagan "Ahal" klubi peshqadam bo'lib turibdi. Undan ikkita kam o'yin o'tkazib 45 ochko jamg'argan "Oltin Asr" OFK kubogi tufayli milliy chempionatda qoldirilgan o'yinlarini keyinroq o'tkazadi.


TOJIKISTON

Yaqinda Malayziyada bo'lib o'tgan U-16 Osiyo chempionatida Tojikiston o'smirlar terma jamoasi barchani xayron qoldirgan holda finalga qadar etib bordi. Zayniddin Rahimov boshchiligidagi jamoa finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medallariga ega chiqdi. Bundan tashqari Tojikiston keyingi yil Peruda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Qo'shnilarimiz 2007 yil ilk bor o'smirlar o'rtasidagi mundialda debyut qilgandi. SHu tariqa Tojikiston o'smirlari o'z tarixida ikkinchi bor Jahon chempionatiga borishadi.



Finaldan keyin Tojikiston o'smirlari bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi: "Avvalo musobaqa alo darajada o'tgani uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Men shuningdek o'z shogirdlarimga hamda bizni qo'llab turgan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. SHogirdlarim bilan faxrlanaman, ular ajoyib natija qayd etishdi. Birinchi o'yinda Malayziyaga 2:6 hisobida yutqazib qo'yganimizdan so'ng finalga chiqishimizga ko'pchilik ishonmagandi. Biz uchun ikkinchi o'rin ham faxrli natija".

O'zbekiston va Tojikiston klublari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib turishibdi. SHu yilning aprel oyida Samarqand shahrida "Dinamo" hamda Tojikistonning "Xo'jand" klublari o'zaro o'yin o'tkazishgan edi. Sentyabr oyida Xo'janddagi markaziy stadionda bu klublar yana bir marta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi. Uchrashuvni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Tojikistonning So'g'd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda rasman boshlab berishdi.



Bugungi kunda Tojikiston klublarida bir qator o'zbekistonlik legionerlar to'p tepishmoqda. Furqat Hasanboev, Vusol Magerramov va Obid Hakimov "Xo'jand" safida, Jahongir Abdumo'minov "Istiqlol" safida faoliyat olib borishmoqda. Tojikiston chempionatida 8ta klub ishtirok etadi. Ayni paytda 18ta tur ortda qolgan va Dushanbening "Istiqlol" klubi 45 ochko bilan peshqalamlik qilmoqda.  Umuman olganda oxirgi to'rt yilda "Istiqlol" mamlakat chempionligini hech kimga bermay kelmoqda.

Dushanbe klubi 2015 va 2017 yillarda OFK kubogi finaliga chiqqan edi. Ikkala safar ham final Tojikistonda bo'lib o'tgan, biroq shunga qaramay "Istiqlol" har ikkala finalda bir xil 0:1 hisoblarida yutqazgan.

Tojikiston 2019 yilgi Osiyo Kubogiga chiqishga juda yaqin kelgandi. Filippin, Yaman va Nepal bilan bir guruhdan joy olgan qo'shnilarimiz so'nggi turda Filippinga yutqazib qo'yishdi va uchinchi o'rin bilan cheklanishdi. Aks holda BAAdagi qita chempionatiga O'zbekiston, Turkmaniston, Qirg'iziston bilan birga Tojikiston ham borar edi.




Narzulla Saydullaev

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика