So’nggi yangiliklar

08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  1 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  0 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  5 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  10 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  14 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102

Qo'shaloq bayramlar muborak bo'lsin, Ulug'bek Mirzaev! Yangiliklar

Qo'shaloq bayramlar muborak bo'lsin, Ulug'bek Mirzaev!

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan keng futbol jamoatchiligi vakillarini hayotlaridagi unutilmas sana bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Ayniqsa, bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan hamyurtlarimiz uchun bu qo'shaloq bayram. 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kunida tavallud ayyomini oila azolari davrasida nishonlashning fayzi bo'lakcha bo'ladi. 

Ana shunday baxtiyor insonlar qatorida "Bunyodkor" professional futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev ham bor. Ulug'bek Abdusattorovich bugun 41 yoshga to'ldilar. Toshkent moliya institutida tahsil olgan bugungi qahramonimiz futbolga qiziqishi sabab o'zini hisob-kitob yoki menejment olamida emas, umuman teskari soha - jurnalistikada sinab ko'rdi. Bu urinish esa kutilganidan ham yaxshi samara berdi. U bir necha yil davomida "Paxtakor" klubi matbuot xizmatida ishladi. O'z maqolalari bilan "Interfutbol" va boshqa futbol nashrlarida chiqish qildi. Malum muddat o'zi tug'ilib o'sgan Andijon viloyatining bosh jamoasi - "Andijon"da sport direktori lavozimida mehnat qildi. 

2019 yil esa Ulug'bek Mirzaevning hayoti va faoliyatida tub burilish bilan boshlandi. Faoliyatini jurnalistikadan boshlagan Ulug'bek aka 8 yanvar kuni biroz kutilmaganda "Bunyodkor" professional klubi bosh direktori etib tayinlandi. Tan olish kerak, o'sha paytda "Bunyodkor" jamoasi qiyin davrni boshdan kechirayotgan, klubda moliyaviy muammolar yuzaga kelgan edi. Sohani ichidan yaxshi bilgani uchun bugungi qahramonimiz yangi ish joyida o'zini yo'qotib qo'ymadi. Qisqa fursat ichida jamoadagi muammolar barham topib, vaziyat ijobiy tomonga o'zgara boshladi. Sergey Lushchan va klub o'rtasida uzoq vaqt davom etgan sud jarayoni ham aynan Ulug'bek Mirzaevning say-harakatlari bilan "Bunyodkor" foydasiga hal bo'ldi. Jamoaga tajribali mutaxassis Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. CHempionatdagi eng yosh tarkib bilan Superligada qatnashayotgan "qaldirg'ochlar" yomon taassurot qoldirishmayapti. 

Ulug'bek Mirzaev oilaparvar inson. U turmush o'rtog'i bilan 4 nafar farzandni tarbiyalayapti. Ukasi Bahodir Mirzaev esa hozirda poytaxt viloyatining AGMK jamoasida sport direktori lavozimida ishlayapti. Ukasi ham o'z vaqtida futbolga oid maqolalari bilan turli nashrlarda chiqish qilgan. Umuman olganda, futbolga oshufta oila!

SHahriyor Eshboev, yaqin do'sti

- Ulug'bek aka bilan farqimiz ikki yosh, lekin men u kishini o'z akamdek ko'raman. Qariyb 20 yillik qadrdonmiz. Hayotda ham, ish faoliyatida ham bu insondan o'rganadigan jihatlarim ko'p. Albatta, har qanday ishga qo'l ursam ham Ulug'bek akaning fikrini tinglayman. O'z o'rnida ular ham menga maslahat soladilar. Fikrimiz ham bir joydan chiqadi. Men Ulug'bek Mirzaevni hech qachon yolg'on ishlatmasligi, to'g'ri so'z ekanligi, har bir insonni xatosini yuziga aytishi kabi ijobiy xislatlarini qadrlayman. Hozir kunda birgalikda "Bunyodkor" jamoasida mehnat qilyapmiz. Fursatdan foydalanib, Ulug'bek Mirzaevni bugungi qo'shaloq bayram bilan kollektivimiz va shaxsan o'z nomimdan muborakbod etaman. Kelinoyiimiz bilan birga to'rt qiz farzandni tarbiyalab, voyaga etkazyaptilar. Ularga oilaviy baxt, farzandlari rohatini ko'rib yurishlarini tilayman. 

Biz ham ushbu ezgu tilaklarga qo'shilgan holda tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, Ulug'bek Abdusattorovich, deya niyat bildiramiz! 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика