Qoraqalpog'istonlik Messi Neftchi ko'rigida...
18 jan 2014 12:31
Yangiliklar

Qoraqalpog'istonlik Messi Neftchi ko'rigida...
Xabaringiz bor, Farg'onaning Neftchi klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirmoqda.
Ayni damda jamoaning asosiy tarkibga davogarlik qilayotgan futbolchilari hamda jamoaga yangi kelib qo'shilayotgan o'yinchilarni Toshkentda sinovdan o'tkazishmoqda.
Kecha jamoa Bekobodning Metallurg jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazib, bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchradi. Jamoa tarkibida yangi nomlar ichida Azamat Ilyosov ham uchratish mumkin. Esingizda bo'lsa, ushbu futbolchini qoraqalpog'istonlik Messi deya avvalroq tanishtirib o'tgandik.
Demak, ko'rikdan ijobiy o'ta olsa futbolchini, Farg'ona jamoasi safida ko'rishimiz mumkin. Bu borada yosh futbolchiga omad tilaymiz.
Malumot o'rnida: futbolchi endigina 17 yoshda bo'lishiga qaramasdan, Qoraqalpog'iston Respublikasining eng oldi futbol jamoasi bo'lmish Orolda asosiy figuralardan biriga aylanib ulgurdi.
Ro'zali Qurbonov tayyorladi.

Fikrlar