So’nggi yangiliklar

16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  0 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   18 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  1 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  10 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  15 13:08Гвардиола "Барселона" ҳақида: "Бундай ўйин билан стадионлар ҳеч қачон бўш қолмайди"  14 12:39Улуғбек Бакаев "Бухоро"даги фаолиятини давом эттирадими?  6 12:12"Ямаль Мессидан яхшироқ". "Барселона" собиқ футболчиси ҳайратланарли баёнот билан чиқди  15 11:46МЮ "Вулверхэмптон" голеадори учун 62,5 млн фунт тўлашга тайёр  0 11:19Франция хорижда ўйнаётган энг яхши футболчисини аниқлайди. Номзодлар ичида Мбаппедан ташқари яна кимлар бор?  14 10:50ПСЖ етакчиси «Арсенал»га қарши жавоб учрашувида майдонга тушмаслиги мумкин  16 10:23Кевин Де Брюйнега асосий даъвогар жамоа маълум  2

Qoraqalpog'istonda bolalar futboli bo'yicha Konferenciya o'tkazildi Yangiliklar

Qoraqalpog'istonda bolalar futboli bo'yicha Konferenciya o'tkazildi

Nukus sport kolleji manaviyat saroyida Qoraqalpog'iston Respublikasida bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishga bag'ishlangan I – Konferenciya bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston futbol federaciyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, respublika xalq talimi vazirligi “Yoshlik” jasmoniy tarbiya va sport jamiyati, respublika futbol federaciyasi vakillari hamda BO'SMlar direktorlari va etakchi murabbiylar ishtirok etishdi.
  
Konferenciyaning kun tartibidan o'rin olgan Qoraqalpog'iston Respublikasining shahar va tumanlarida bolalar va o'smirlar futbolini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish masalalari yuzasidan soha mutaxassislarining maruzalari tinglanib, fikr-mulohazalar bildirildi.
  
Tadbir davomida Osiyo futbol konfederaciyasining maxsus o'quv kurslarini tugatgan qoraqalpog'istonlik bir guruh futbol va mini futbol murabbiylariga “S” va “Level-1” toifali sertifikatlar topshirildi.
  


- Bugungi kunda respublikamizda futbol bo'yicha 632 ta bo'lim faoliyat yuritayotgan bo'lib, ularda jami 15 mingdan ziyod kishi shug'ullanadi, - deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Vladimir Nazarov. - Uning 2400 nafardan oshig'i o'quvchilardir. 120 ta mini futbol sekciyasidagi 2672 nafar shug'ullanuvchidan 322 nafari maktablarda tahsil oladi. SHunday ekan, bu yoshlarimizning malaka va tajribalarini oshirish yo'lida izlanishlar olib borishimiz, ularning doirasini yanada kengaytirishimiz zarur. Ana shunda biz ko'zlagan maqsadimiz, bolalar futbolini yuqori cho'qqilarga ko'tara olamiz. Bo'lib o'tgan konferenciyamizda ana shu masalalar atroflicha ko'rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. Bir so'z bilan aytganda, konferenciyamiz ishtirokchilar uchun har tomonlama foydali bo'ldi. Ishonchim komilki, bu samara berib kelgusida qoraqapog'istonlik yoshlar orasidan ko'plab taniqli “charm to'p” ustalari etishib chiqadi.
  
Konferenciya ishida O'zbekiston futbol federaciyasi bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig'i SH. Imomov ishtirok etdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика