Qoraqalpog'istonda bolalar futboli bo'yicha Konferenciya o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
24 fev 2015, 11:27
Nukus sport kolleji manaviyat saroyida Qoraqalpog'iston Respublikasida bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishga bag'ishlangan I – Konferenciya bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston futbol federatsiyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, respublika xalq talimi vazirligi “Yoshlik” jasmoniy tarbiya va sport jamiyati, respublika futbol federatsiyasi vakillari hamda BO'SMlar direktorlari va yetakchi murabbiylar ishtirok etishdi.
  
Konferenciyaning kun tartibidan o'rin olgan Qoraqalpog'iston Respublikasining shahar va tumanlarida bolalar va o'smirlar futbolini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish masalalari yuzasidan soha mutaxassislarining maruzalari tinglanib, fikr-mulohazalar bildirildi.
  
Tadbir davomida Osiyo futbol konfederatsiyasining maxsus o'quv kurslarini tugatgan qoraqalpog'istonlik bir guruh futbol va mini futbol murabbiylariga “S” va “Level-1” toifali sertifikatlar topshirildi.
  


- Bugungi kunda respublikamizda futbol bo'yicha 632 ta bo'lim faoliyat yuritayotgan bo'lib, ularda jami 15 mingdan ziyod kishi shug'ullanadi, - deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federatsiyasi birinchi vice prezidenti Vladimir Nazarov. - Uning 2400 nafardan oshig'i o'quvchilardir. 120 ta mini futbol sekciyasidagi 2672 nafar shug'ullanuvchidan 322 nafari maktablarda tahsil oladi. Shunday ekan, bu yoshlarimizning malaka va tajribalarini oshirish yo'lida izlanishlar olib borishimiz, ularning doirasini yanada kengaytirishimiz zarur. Ana shunda biz ko'zlagan maqsadimiz, bolalar futbolini yuqori cho'qqilarga ko'tara olamiz. Bo'lib o'tgan konferenciyamizda ana shu masalalar atroflicha ko'rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. Bir so'z bilan aytganda, konferenciyamiz ishtirokchilar uchun har tomonlama foydali bo'ldi. Ishonchim komilki, bu samara berib kelgusida qoraqapog'istonlik yoshlar orasidan ko'plab taniqli “charm to'p” ustalari yetishib chiqadi.
  
Konferenciya ishida O'zbekiston futbol federatsiyasi bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig'i SH. Imomov ishtirok etdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia