OPL. "Sabah" 3:0 hisobida "Qorabog'"ni mag'lub eta turib, yakunda durang qayd etdi, Rahmonaliev 90 daqiqa harakat qildi
01 mar 22:00
Yangiliklar
OPL. "Sabah" 3:0 hisobida "Qorabog'"ni mag'lub eta turib, yakunda durang qayd etdi, Rahmonaliev 90 daqiqa harakat qildi
Ozarbayjon Premer-ligasi 22-tur doirasidagi "Qorabog'" - "Sabah" o'yini bo'ldi.
Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi.
"Sabah" avvaliga Hayal Aliev, Aaron Maluda va Joy-Lens Mikelsning gollari evaziga hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Ammo, "Qorabog'" bunga qadar shuncha gol bilan javob qaytardi. Pedro Bisalo, Kevin Medina va Muso Qurbonli raqib darvozasini ishg'ol qildi.
"Sabah" Ozarbayjon chempionatida 22 o'yindan so'ng 53 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda, 21 ta o'yinda 46 ochko to'plagan "Qorabog'" esa ikkinchi o'ringa joylashgan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar