So’nggi yangiliklar

22:13"Пахтакор-Фарм" устози Бобур Абдураҳмонов: "Про лига ёш футболчилар учун яхши тажриба бўлади"  0 21:38"Истанбул Башакшехир" — "Трабзонспор". Таркиблар маълум  9 21:10Родриго учун мавсум якунланди  9 21:01Азамат Алланиёзов: "Арал"нинг мақсади — чемпионлик, мавсум бошланишини сабрсизлик билан кутяпмиз"  0 20:33"Астон Вилла" "Манчестер Сити" дарвозабонига кўз тикди  0 19:58"ТерДУ" устози Элдор Бойматов: "Қуръа яхши бўлди, университет жамоалари кутилмаган совға қила олади"  0 19:34"Милан" Жексонга кўз тикди  4 19:07Англия футбол ассоциацияси VAR'дан фойдаланишда инқилобий ўзгариш тайёрламоқда  3 18:39"Сурхон" Термизда аср ғалабасини қўлга киритиши мумкин  6 18:10ЎФА футболдан четлатган Жасур Мухторов 5,5 йилдан сўнг Суперлига ўйинини бошқаради  11 17:42"Пахтакор" сўнгги бор Қўқонда қачон ғалаба қозонган?  3 17:15Испаниялик мураббий "Андижон" ва "Навбаҳор"нинг муваффақиятли старти ҳақида гапирди  1 16:48Тареми Эронга қайтишни истаяпти  10 16:20"Нефтчи" ва "Андижон" офсайддан гол урдими? Суперлиганинг илк туридаги ҳакамлик таҳлили  13 16:02Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Хитой Бангладешдан устун келди  0

Superliga. Amaldagi chempion "Neftchi" o'z uyida "Mashal"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Amaldagi chempion "Neftchi" o'z uyida "Mashal"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Superliga 1-tur doirasidagi "Neftchi" - "Mashal" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

O'zbekiston Superligasi. "Neftchi" – "Mashal" 3:0

Gollar: 9 - Boyan Ciger (Anvar G'ofurov), 30 - Stipe Perica (Vladimir Yovovich), 76 - Zoran Marushich (Vladimir Yovovich). 

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynulin

Zahira hakami: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Avazbek Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 78'), 8.Vladimir Yovovich (77.Jurani Francisko Ferreyra, 78'), 10.Jamshid Iskanderov (34.Farruh Sayfiev, 86'), 18. Stipe Perica (9.Xurshid G'iyosov, 68'), 20.Anvarjon G'ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (32.Zoran Marushich, 68'), 23.Yovan Jokich

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Izzatillo Po'latov, 14.Daler Tuxsanov, 30.Rustambek Fomin.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov, 8.Sardor Abduraimov (17.Anvar Murodov, 82'), 9.Ibrohim G'anixonov (18.Ilhomjon Abdig'aniev, 82'), 10.Humoyun Murtozaev (s) (13.Nuriddin Nuridinov, 72'), 14.Abdul Rashid Abubakar, 15.Muhammadali Aliqulov (37.Sherzod Fayziev, 84'), 28.Ergash Ismoilov, 69.Roman Xadjiev, 97.Augustine Chidi Kvem (22.Nurjahon Muzaffarov, 82')

Zaxira: 25.Samandarbek Jo'rabekov, 27.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 99.Viashima Rapayel Ayagva

Ogohlantirishlar: 7 - Ergash Ismoilov, 55 - Muhammadali Aliqulov, 57 - Sardor Abduraimov, 90+1 - Anvarjon G'ofurov


90+6. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Mashal"da qulay vaziyat yuzaga kelgandi... Nurjahon Muzaffarovning zarbasini Jokich qaytarib yubordi darvozadan.

85. Marushichning uzoqdan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

81. Avvalroq aytganimizdek, uchrashuv scenariysi Vodiyda bir kun avval bo'lib o'tgan boshqa o'yinni eslatib yuboryapti.

79. GOL! Marushich hisobni uchtaga oshirdi! Hakamlar bu vaziyatda offsayd bo'lmaganini aniqladi va golni inobatga olishdi!

77. VAR golni tekshirmoqda. Hisobga olinarmikin?

76. Marushich gol urdi, birok bu vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan. 

75. Yana bir vaziyat bo'ldi. Bu safar Jokich yaxshi vaziyatdan gol ura olmadi.

74. Iskanderov sal qolsa Zoranni qariyb bo'sh qolgan darvozaga zarba berish uchun imkoniyatga chiqarishga yaqin edi, biroq "Mashal" vakili yaxshi harakat qildi.

73. Yaxshi vaziyat bo'ldi mezbonlarda. G'iyosov to'pni Yovovichga uzatdi, uning tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

72. Har ikki jamoa bosh murabbiylari o'zgarishlarga qo'l urdi.

67. Yo'q, hammasi joyida. O'yin davom etadi.

67. Qiziq holat. VAR "Neftchi" jarima maydonchasi ichida qo'pollikni tekshirmoqda.

65. "Mashal"dan xavfli vaziyat. Darvozaga yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

63. Farg'onalik muxlislar tribunalarda jamoa formasidagi ranglarda maxsus uskunalarda tutunlar yoqishmoqda.

62. Muborakliklar sekin-asta imkoniyatlarini qidirmoqda. 

54. Mezbonlar bugun kombinaciyalarni ajoyib tarzda uyushtirmoqda. 

51. Zarba! Abdruaimovning uzoqdan tepgan to'pi rekoshetga uchradi, Botirali Ergashev qiyinchilik bilan qaytardi!

48. Yana burchak zarbasi "Neftchi"da. Ammo bu safar muboraklik himoyachilar ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Samandar Ochilovning uzoqdan tepgan to'pi anchagina noaniq bo'ldi.

43. Qiziq vaziyat. "Neftchi" futbolchasi "Mashal" jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi, bosh hakam ushbu vaziyatda penalti yo'q deb hisobladi. 

39. Muborakliklar uchrashuv boshidagi xavfli vaziyatdan so'ng hozircha boshqa xavfli holat yarata olmadi.

38. Xavfli zarba! Jamshid Iskanderovning tepgan to'pini darvozabon qaytardi!

33. Jamshid Iskanderovning erlatib bergan zarbasi birozigan noaniq bo'ldi...

32. Yana hujum "Neftchi"dan, bu safar Abror Ismoilov zarba berdi. Ammo noaniq.

31. O'yin kecha bo'lib o'tgan qaysi bahni sizga eslatmoqda?..

Yana burchak zarbasi! Havolab uzatib berilgan to'pni Perica boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!

30. GOL! "Neftchi" hisobni ikkitaga oshirdi!


24. Yaxshi kombinaciya bo'lishi mumkin edi, ammo Yovovich "Mashal" himoyachisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani sabab to'xtab qoldi.

22. Abror Ismoilov raqib himoyachisi xatosidan foydalanib darvozaga zarba berdi, biroz noaniq bo'ldi.

20. O'yin tempi boshidagiga qaraganda biroz pasaydi. To'p asosan maydon markazida.

12. Dahshat vaziyat! Jovichning pasidan so'ng Perica birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning tepgan to'pini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni yana Stipe tepdi, ammo bu safar "Mashal" vakili bosh bilan qaytardi! 

10. Farg'onaliklar faol. Yana oldinga o'tishmoqda.

Burchakdan uzatilgan to'p qator zarbalardan so'ng Boyanga kelib tushdi, uning tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi.

9. GOL! Boyan Ciger hisobni ochdi! 

8. Hujum navbati "Neftchi"da. Jokichning zarbasi "Mashal" himoyachisiga tegib, to'p maydondan chiqib ketdi.

1. Muborakliklar ilk daqiqalardanoq hujumga o'tdi! Humoyun Murtazoev o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, Ergashevdan ajoyib seyv! Shuningdek, bu holatda o'yindan tashqari holat ham bo'lib ulgurgan ekan.

1. O'yin boshlandi!

Stadionda O'zbekiston davlat madhiyasi jarang sochmoqda.

Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov o'yindan avval nutq so'zlab, barchani yangi mavsum bilan qutladi. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosnmandlari! O'zbekistonga futbol bahori qaytmoqda. Farg'onaning "Neftchi" hamda Muborakning "Mashal" jamoalari ishtirokidagi bahsning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin!

Reyting: +6   

Fikrlar

+3   
28 fev 22:46:26
Islombek Mosayev
G'ulom Murodovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Qiyin. Bu tarkib bilan. OChLda o'ynash. Nasaf yoki Paxtakorga berish kerak edi. Navbahorda ham kuchli tarkib bor. Neftchi qiyin lekin qiynaladi
Paxtakor Yo Nasaf osiyoda Ish kòrsatib qòyganmi birinchidan ikkinchidan siz bittasizda Farģonaga kesez 20 mingta qora kòz borda neftchini stadiondi toldiradigan Paxtakor Bilan nasafdayam bunaqa bizdek muhlislari topilmasa kerak
+2   
28 fev 22:49:10
Islombek Mosayev
Neftchinikiga osiladiganla kòpda negadir òzbemisku Elit ochl da Paxtakormi Nasafmi Neftchimi Muxlislik qil qòlingdan kelsa qòlingdan kelmasa Manqurtdek òzingni Hamyurtlaringni chopma erkak bòlish
+1   
28 fev 20:36:01
Хонмирзо
Жуда ёш пайтимда Марказий Фарғона стадионида,ҳатто стадион ташқарисида чинорлар устида футбол кўрганман. Кейинчалик Қиргулидаги база стадионида ўйинлар бўлди, стадион муаммоси сабабли.Бу вақтда сап сариқ ажриқ устида ўйин бўларди...
Мана энди шундай муҳташам, чим ҳолати идеал Истиқлол стадионида ўйинлар бўлмоқдв, шукр.
Нефтчи жамоамизга бу йил ҳам омад ёр бўлишини тилаб қоламан.
+1   
28 fev 20:33:55
Аллаёров Ёдгор
bu yil vodiy jamoalarini ishtaxasi boshqachayu
+1   
28 fev 20:28:58
Абдугаффор . N
Футболни завкини у́лдираркан баъзи шархловчилар. Кунгил айниб кетади овозданам савиясиданам
+1   
28 fev 20:04:18
Otаbеk
Шархлрвчини тестостерони пастми нима бало? Теннис, шахмат шархлаётганга ухшайди. Уйинни темпига тугри келмаяпти гапириши. Укиётган булсангиз салгина азард, эмоция билан шархланг.
+1   
28 fev 20:02:30
Равиш
Baxtigali Adilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Негадир стадион атмосфераси унчалик эшитилмаяпти
Футбол тв узи шунака стадион овозини жуда пасайтириб куяди, шунинг учун Барса, Реал уйинларни зур твда кураман.
+1   
28 fev 19:58:55
Nabijon Temirov
Ушбу ўйинни шархлаётган шархловчи Шонли Нефтчини ўйинида Мухлислар овозини телевизорда мутлоқ ўчириб шархлаяпти,мани билишимча бу саводсиз,ифлос кореспандент Нефтчини душмани экан.............................,
+1   
28 fev 19:52:22
shuxrat
40 миллионли ўзбекистонимизда бирорта футбол шархловчиси йўқмикин?
+1   
28 fev 19:52:01
shuxrat
40 миллионли ўзбекистонимизда бирорта футбол шархловчиси йўқмикин?
+1   
28 fev 19:48:24
leva8989
Peritsa dan yana gollar kutamiz,hali Ratinyo,Jumayev,Marushich lar tushgani yo'q, exxe zahira daxshat
+1   
28 fev 19:33:51
Saidkamol1956
Translatsiya sifati zormi neftchi mashal o‘yinida
+1   
28 fev 18:55:30
Абдугаффор . N
Нефтчи 5-0 Машал (тахмин)
+1   
28 fev 18:53:17
Alexis Dan
Ботирали, нималар киляпсан???
+1   
28 fev 18:52:08
Alexis Dan
Нефтчига омад! Ишончли галаба булсин!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика