Qo'qonda “Paxtakor-79” xotirasi uchun faxriylar o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi
08 avg 2019 07:05
Yangiliklar
Qo'qonda “Paxtakor-79” xotirasi uchun faxriylar o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi
Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida 5 avgust kuni viloyat futbol associaciyasi tomonidan “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlab “Qo'qon-1912” va “Neftchi” faxriylar jamoalari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Paxtakor"chilarning 1979 yildagi fojiali halokatiga 40 yil to'lishi munosabati bilan viloyatning ikkita nomdor jamoasi faxriylari o'zbek futboli vatani – Qo'qon shahrida xotira uchrashuvida maydonga tushdilar. O'tkazilgan mazkur o'yinda qo'qonlik faxriy futbolchilar g'alaba qozondilar. Bugungi uchrashuvda natija muhim emas, balki o'tgan paxtakorchilar xotirasini yodga olish, ularning ruhi oldida hurmat bajo keltirish eng asosiy maqsad edi. Va bu amalga oshdi. Mashhur futbolchilardan iborat har ikkala jamoa azolari sukut saqlab marhum paxtakorchilarni yodga oldilar.








O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar