So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  126 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Qo'qonda faxriylar o'rtasida turnir o'tkazildi Yangiliklar

Qo'qonda faxriylar o'rtasida turnir o'tkazildi

Teglar :  Qo'qon-1912
29 avgust kuni Qo'qondagi Markaziy o'yingohi ertalabdan kechgacha futbol muxlislari bilan gavjum bo'ldi.

SHu kuni bu erda qo'qonlik futbol fidoiysi, ajoyib inson Mahmudjon Umarov xotirasiga bag'ishlangan faxriy futbolchilar o'rtasida futbol turniri o'tkazildi. Turnirda Qo'qon shahrining  Qo'qon-1912, Jilet-market, Spartak-Burevestnik, Burevestnik-Qo'qon jamoalari ishtirok etishdi. 

Ertalab bo'lib o'tgan o'yinlardan keyin musobaqaning uchinchi o'rini uchun  Spartak-Burevestnik va Burevestnik-Qo'qon jamoalari , finalda esa Qo'qon-1912 hamda Jilet-market jamoalari o'ynashlari malum bo'ldi. Tushdan keyin dastlab maydonga uchinchi o'rin uchun kurashadigan jamoalar  chiqishdi. Qiziqarli o'tgan uchrashuv 3-3 hisobidagi  durang bilan yakuniga etdi. O'yindani keyingi penaltilar seriyasida Spartak-Burevestnik jamoasiga omad kulib boqdi. SHuni alohida aytish lozimki  Spartak-Burevestnik jamoasi darvozaboni 59  yoshli Murodjon aka G'ofurov ikki bor penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldilar. SHundan so'ng maydonga finalchilar, Qo'qon-1912 hamda Jilet-market jamoalari chiqib kelishdi. Uchrashuvni respublika toifasidagi hakam R.Tolibjonov adolatli tarzda boshqarib bordi. Final o'yini jangovor kurashlarga boy, murosasiz bo'lib o'tdi. SHu kuni Qo'qonlik futbol muxlislari bir paytlar oliy ligada o'ynagan  M.Abduvaliev, M.Mansurov, A.Ashirmatov, J.Tojiboev, I.Mamadiev, A.Otajonov, V.Oxunov, O'.Po'latov, B.Azimov, U.Quvvatov kabi sevimli futbolchilarini yana yashil maydonda ko'rishga muyassar bo'ldilar. O'tgan yili faxriy futbolchilar o'rtasida respublika chempioni bo'lgan Qo'qon-1912 jamoasi faxriy futbolchilari final o'yinida 4-2 hisobida g'olib chiqishdi.


Final o'yini tugaganidan so'ng ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Bu marosimda Mahmudjon Umarovning yaqin do'stlari, oila azolari va Qo'qon-1912 jamoasining rahbarlari ishtirok etishdi. Har bir ishtirokchi jamoa azolari homiylar tomonidan turli qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. G'olib jamoaga esa kubok, diplom va televizor sovg'a qilindi. Musobaqa ishtirokchilari turli nominaciyalar bo'yicha ham taqdirlandilar. Eng yaxshi darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi, eng yoshi ulug' futbolchi va eng yosh futbolchi nominaciyalari bo'yicha futbolchilar esdalik sovg'alari, gilam, uyali telefon va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Taqdirlangan futbolchilar orasida 62yoshli Mahmudjon Abdullaevning hali ham yashil maydonda harakat qilganlari barchaning olqishlariga sabab bo'ldi. SHu kuni o'yingohga kelgan barcha muxlisu futbolchilar yaxshi kayfiyatda qaytib ketdilar.

Akramjon Mamadaliev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика