So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Qo'qon “Markaziy” stadioni chiroy ochmoqda+FOTO Yangiliklar

Qo'qon “Markaziy” stadioni chiroy ochmoqda+FOTO

O'zbek futbolining vatani bo'lgan Qo'qon shahrida joylashgan “Qo'qon-1912” futbol klubga qarashli “Markaziy” stadion ayni kunlarda yangicha qiyofa kasb etmoqda.

Qo'qon shahriga bir marta bo'lsa ham futbol ko'rish uchun tashrif buyurgan har bir futbol muxlisi “Markaziy” stadionning  qanday holatda bo'lganligini yaxshi biladi. Qo'qondagi bu stadionda oliy liga o'yinlarini o'tkazilgan bo'lsada, aslida oliy liga talablariga  javob bermas edi.”Markaziy”ga kelgan ko'plab jamoalar va muxlislar stadiondagi xolatdan nolib ketar edilar. Lekin Qo'qon klubi o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib bu stadionni har yili tamirlar va oliy liga musobaqalarini ko'xna shaharda o'tishini taminlab kelayotgan edilar.

Futbolimizda ro'y berayotgan islohotlar Qo'qondagi “Markaziy” stadioniga ham o'zining ijobiy tasirini o'tkazdi. O'FA rahbariyatining klublar oldiga qo'ygan qatiy talablariga javob berish maqsadida stadionda juda katta ko'lamdagi qurilish- tamirlash ishlari olib borildi. Buni Qo'qonda yashayotgan har bir futbol muxlis o'z ko'zi bilan ko'rib turibdi. Bevosita O'FA vice-prezidenti Umidjon Ahmadjonovning  ko'rsatgan amaliy  yordamlari tufayliayni kunda stadionimiz Qo'qon shahriga ko'rk beradigan bir inshootga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda ushbu stadionda nafaqat Superliga o'yinlari, balki Osiyo chempionlar ligasi bahslarini ham bemalol o'tkazsa bo'ladi.

Jamoa rahbariyati,Qo'qon shahar xokimligi va boshqa homiy tashkilotlarning yordamlari bilan stadiondagi kiyinish xonalari, xakamlar va nazoratchilar,OAV xodimlari uchun ajratilgan xonalar jahon andozalari darajasiga keltirildi. Stadion yoritgichlari zamonaviylariga almashtirildi. Stadionda muxlislar uchun bir qator qulayliklar yaratildi. O'rindiqlar yangilandi, maydonni ko'rishga halaqit qiladigan to'siq panjaralar olib tashlandi.  To'g'ri, maydon holatini hali u qadar ideal deb aytib bo'lmaydi. Ayni paytda bu masalada ham anchagina ishlar olib borilmoqda. Stadion chimini parvarishlash, yil davomida yam-yashil xolatda saqlash uchun mutaxassislar taklif qilinib, ularningmaslahat va tavsiyalari asosida maydon chimi parvarish qilinmoqda. CHimning xolatini Superliga o'yinlariga asrash maqsadida “Qo'qon-1912” jamoasining mashg'ulotlari boshqa maydonlarga ko'chirilgan. Kelajakda stadion chimini yangilash ham rejaga kiritilgan.

“Markaziy”stadiondagi ishlar bu bilan to'xtab qolmaydi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2018-2019 yillarda  ushbu stadion qayta rekonstrukciya qilinib, bu erda muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida o'n milliard so'mlik qurilish-tamirlash ishlari olib borish reja qilingan. Stadion sig'imi  ko'paytiriladi.

Boshlangan mavsumdagi superliga o'yinlariga tashrif buyurib o'zingiz barchasiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика