"Qo'qon-1912"ning yig'ini muddatdan oldin tugadi
22 fev 2017 08:01
Yangiliklar
"Qo'qon-1912"ning yig'ini muddatdan oldin tugadi
Avvalgi rejaga o'zgartirish kiritilgani bois yig'in erta yakunlanadigan bo'ldi. Aniqrog'i, 23 fevral kuniga belgilangan Qozog'istonning Ekibastuz jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini bekor qilindi. Bunga sabab Qozog'iston klubining Toshkentga kelmagani bo'ldi. Endi futbolchilarimizga qisqa muddatli tatil beriladi. Futbolchilar ikki kun dam olishgach, 25 fevraldan Qo'qonda to'planishadi va oliy liganing 1-turidan o'rin olgan “Nasaf” jamoasiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rishadi.
So'nggi yig'in davomida futbolchilarimiz beshta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishib, uchta bahsda g'alaba qozonishdi (“So'g'diyona” 5:0, “Dinamo” 6:1, “Qizilqum” 1:0), bitta o'yinda durang natija qayd etildi (“SHo'rtan” 2:2) va bitta bellashuvda mag'lubiyatga uchrashdi (“Navbahor” 0:3).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar