So’nggi yangiliklar

13:57"Қизилқум" клуби 1979 йилги фожиада ҳалок бўлган "Пахтакор"нинг навоийлик ўйинчиси қабрини зиёрат қилишди  0 13:31Ван-Биссака фаолиятини "Вест Хэм"да давом эттиради  0 13:07ПСЖ ярим ҳимоячисини "Бешиктош"га ижарага беради  0 12:42Агуэро Альварес ҳақида: "Симеоне учун идеал ўйинчи. У "Атлетико"да ҳар ўйинда ҳаракат қилади – унинг Холанд билан рақобат қилишига тўғри келмайди"  0 12:12Эдерсон "Ман Сити"да қолади: "Пеп билан суҳбат ҳал қилувчи ролни ўйнади. Янги титуллар ютишга эътиборимни қаратганман"  1 11:43"Барселона" ҳимоячиси Араухо "Борнмут"га ўтади  1 11:13"Ливерпуль" Субименди билан музокараларни бошлади  0 10:44Озарбайжонлик дарвозабон "Барселона" билан шартнома тузди  1 10:15«Манчестер Юнайтед» «Бавария» билан келишувга эришди - Фабрицио Романо  4 09:46Футзал. Ўзбекистон ва Ангола ўртасидаги бугунги учрашув 13 августга қолдирилди. Нега?  0 09:18«Вест Хэм» анча вақт «Ювентус» қизиққан футболчи билан шартнома тузди  1 08:49Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  3 08:20"Пахтакор-79" абадий қалбимизда!  3 07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   6

“Qo'qon-1912”ga kumush medallar topshirildi Yangiliklar

“Qo'qon-1912”ga kumush medallar topshirildi

"Qo'qon-1912" jamoasi 10 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligaga qaytdi. Jamoa bu yilgi chempionatni yuqori suratda o'tkazdi va 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

SHu munosabat bilan 26 noyabr, chorshanba kuni Qo'qon shahridagi “BOWLING” restoranida “Qo'qon-1912” futbol jamoasiga kumush medallarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur taqdirlash marosimiga rasmiy taklif olganimiz bois hamkasb akaxonimiz Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li (“FE” gazetasi muhbiri) bilan erta tongda Qo'qon tomon yo'lga chiqdik. U erda bizni klub matbuot kotibi Anvarjon Oxunov kutib oldi. Marosim soat 12:00da boshlanishi rejalashtirilgandi. SHunday ham bo'ldi. Unda Qo'qon futboli faxriylar jamoasi ham ishtirok etdi. Aytilgan joyga borganimizda, mehmonlar tashrifi davom etayotgandi. Darvoqe, tadbirga Toshkentdan taniqli jurnalist, ustoz Axbor aka Imomxo'jaev ham tashrif buyurgani ko'pchilikni etiborini tortdi. U kishiga “O'zbekiston futboli” va “Sport” gazetalari bosh muharriri Oybek Yunusov hamrohlik qildi. PFL vakili sifatida bu yil ham Valeriy Lyotkin keldi. SHuningdek taniqli sobiq hujumchi, faxiylar etakchisi To'lagan Isoqov ham Qo'qonga qadam ranjida qildi. 


Tadbir boshlovchisi Rustamjon Xusanov dastlab so'zni Qo'qon shahar hokimi Akramjon Abdullaevga berdi. – Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar va futbolchilar. Sizlarni va butun Qo'qon axlini shahrimizga katta futbol qaytgani munosabati bilan muborakbod etaman. Nihoyat ashaddiy ishqibozlarimiz kutgan damlar keldi. “Qo'qon-1912” yana oliy ligada! Endi mamlakatimizning etakchi jamoalari ham shahrimizga tashrif buyuradi. Buning o'zi ham katta baxt! Bundan bag'oyat xursandman. Qo'qon shahrimizda futbolni juda yaxshi ko'rishadi va uni doim qadrlaydi. Bunga misol tariqasida shuni aytgan bo'lardimki, shahardagi suniy maydonlar va ularning har birida doim odamlar futbol o'ynab kelmoqda. Jamoani kuchlilar safiga chiqishida muxlislarning ham qo'llab-quvvatlab turishi muhim o'rin tutdi. Qolaversa siz futbolchilarning ham mehnatingizni yuqori baholaymiz. SHuningdek jamoaning ishbilarmon rahbari Baxtiyor aka Tolipovning ham sayi-harakatlari evaziga klub shu darajaga ko'tarildi. Kelasi yil oliy ligada oson bo'lmasligi aniq. Lekin siz futbolchilardan shuni so'rardimki, elitada ham munosib kurashib, ishqibozlarga chinakam o'yin ko'rsatib berishlaring lozim. SHuningdek jamoa o'z o'rnini saqlab qolib, kelgusida OCHLda ishtirok etishini istardim. Bu yil imkon qadar jamoaning har bir uy uchrashuviga kirib, ko'rishga harakat qildim. Bemalol ayta olaman, tomoshabinlar tashrifi borasida “Qo'qon-1912” etakchilik qildi. O'rtacha miqdorda 5000 muxlis bevosita stadionda o'tirib o'yinni kuzatdi. Ishonamanki, kelgusi mavsum ham bu boradagi ko'rsatkichlar yuqori bo'ladi – deydi Akramjon Anorqulovich. 

SHundan so'ng jamoaning elitaga qaytishida o'z ulushini qo'shgan klub azolariga kichik kumush medallar topshirildi. Uni futbolchilarga Qo'qon shahar hokimi Akramjon Abdullaev, “Qo'qon spirt” OAJ rahbari, klub prezidenti Samigov Habibulla Abdullaevich, PFL xodimi Valeriy Lyotkin topshirdi. 

Aziz To'xtaboev

Andrey Baklanov

Aziz Ashurov

Xurshid Uzoqboev

Aleksandr Kritinin

Aziz Madaliev

Jalil Kimsanov

Davron Mamatov

Rustam Ashurmatov

Maruf Zokirjonov

Avazxon Mamatxo'jaev

Hasanboy Ergashev

Bahrom Yuldashev

Bahodir Akramov

Rahmatulla Meliboev

Po'lat Qirg'izov

Anvar Rahimov

Nodirbek Qo'ziboev

Otabek Haydarov

Abdullajon Mirzaev

Furqatjon Hasanboev

Doniyor Usmonov

Muhammadanas Hasanov

Laziz Safoev

Dadaxon Sulaymonov

Rustam Abdullaev

SHuhrat Mo'minov

Aram Ananyan

SHarif Afzalov

Ruslan Isxaqov

Mamur Mansurov

Baxtiyorjon Tolipov

Habibulla Samigov kumush medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. 

SHuningdek bu yilgi chempionatda jami 25ta gol urib jamoa to'purari bo'lgan Otabek Haydarov, ikkinchi bosqichda jamoa safiga kelib qo'shilgan va 16ta golga mualliflik qilgan Doniyor Usmonov, yarim himoyada ishonchli o'yin namoyish etgan Bahodir Akramov, Maruf Zokirjonov, jamoa sardori Aziz To'xtaboev, mudofaa chizig'ining ishonchli vakili bo'lgan Xurshid Uzoqboevga homiylar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg'alar topshirildi. 

Joriy mavsum faxriylar o'rtasida tashkil etilgan chempionatda g'oliblikni qo'lga kiritgan “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchilariga ham sovg'alar ulashildi. 

SHundan keyin xushovoz xonanda Muxtorjon Teshaboev o'zining diltortar qo'shiqlari bilan chiqish qildi. 

Bir juft qo'shiqdan so'ng, so'z navbati taniqli jurnalist Axbor Imomxo'jaevga berildi. – Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar va mezbonlar. Barchangizni “Qo'qon-1912” jamoasining yana kuchlilar safiga qaytgani munosabati bilan samimiy qutlayman. O'zbek futboli haqida gap ketganida, eng avvalo ko'z oldimizda Qo'qon gavdalanadi. CHunki mamlakatimizda millionlar o'yiniga aynan shu erda asos solingani barchangizga malum. Bundan bir asr ilgari aynan Qo'qon shahrida futbol jamoasi kashf etilgan. Men qaerdadir birorta inson bilan tanishib qolsam, shunda u kishi Qo'qondan ekanligini aytsa, darhol, bilasizmi Qo'qon o'zbek futboli vatani degan bo'lardim. Bu erda 1912 yili ilk bor o'zbeklardan iborat futbol jamoasi tuzilgan. SHundan buyon Qo'qonni eng navqiron va eng qadimiy shahar deb bilishadi. Qo'qon shahri odatda madaniyat, adabiyot, sanat, yozuvchilar, askiyachilar, dorbozlar va tijoratchilari bilan nom qozongan. Va albatta 1912 yili tashkil topilgan jamoasi bilan ham bemalol faxrlanadi. SHuning uchun biz qo'qonlik do'stu-birodarlarimizni ko'rganimizda alohida etibor, g'urur va iftixor bilan qarshi olamiz. Barchangizga yaxshi malum, bu erdan ko'plab charm to'p ustalari etishib chiqqan. Bahrom Hakimov, Gennadiy Kotlov, Tohir Kapadze, Rustam Abdullaev kabi ajoyib murabbiylar qo'qonlik futbolchilarga doimo ustozlik qilib kelgan. Agar ularning qatorida kimnidir nomini yoddan chiqargan bo'lsam, ulardan uzur so'rayman. Qo'qon futboli haqida gap ketganida, O'zbekistonning birinchi futbolchisi, men sizlarga shuni qo'rqmasdan ayta olaman Husanxon Muhddinovni yodga olamiz. Fursatdan foydalanib yana bir jamoani elitaga qaytgani bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu tadbirda ishtirok etayotganimdan benihoyat mamnuman. “Qo'qon-1912” har gal oliy ligaga chiqqanida biz ham shaharga tashrif buyuramiz. Yaratganga shukur, bu safar ham nasib etdi. Klubni kuchlilar safiga qaytishida va umuman muvaffaqiyatga erishishida katta hissa qo'shgan viloyat va shahar hokimlari, ajoyib, bir-biridan go'zal homiylar, bundan tashqari eng asosiysi jamoani qo'llab-quvvatlab turgan qo'qonlik futbol ishqibozlariga chin ko'nglimdan, qalbimdan, yuragim qo'ri ila rahmat aytaman. Kelasi yil Farg'ona vodiysidan 4ta jamoa oliy ligada ishtirok etadi. Men “Qo'qon-1912”dan bir narsani iltimos qilardim, oldingi yillardagidek elitaga chiqib, tushib ketishlar bo'lmasin, aksincha oliy ligada haqiqiy o'rnini topib, mustaxkam o'rnashib olsin. Eng avvvalo jamoani har jihatdan to'liq shakllantirib, o'ylaymanki O'zbekistonning qaysi jamoasini olmang, u erda albatta qo'qonlik futbolchilar bor. SHu bois xohlardimki, “Qo'qon-1912”ning eng kamida oliy liganing turnir jadvalida o'rta pog'onalarida yurishini. Keyingi yillarda esa jamoa zamonaviy o'z avtobusi, stadioni va bazasiga ega bo'lib, shundan so'nggina qo'qonlik ishqibozlar orzusi bo'lgan osiyo maydonlariga chiqishini tilab qolaman. Oldimda Qo'qon futboli bilimdoni, Anvarjon Oxunov turibdi. Ukam, do'stim, birodarim bo'lgan Anvarjon Qo'qon futboli tarixini joiz bo'lsa mendan ham juda yaxshi biladi. Futbolchilar, murabbiylar va turli statistikalar Oxunovga yod bo'lib ketgan. SHu bois u kishidan iltimos qilardimki, jamoani oliy ligaga qaytgani munosabati bilan “Qo'qon-1912” haqida kitob chop etishini. O'ylaymanki bu kitobni hamma ishqiboz oladi. Bundan tashqari Anvarjon stadionda suxandonlik qilayotganida imkoni boricha ko'proq, ushbu to'pni qo'qonliklardan falonchi kiritdi deb elon qilsin. “Qo'qon-1912”ning urgan gollarini muxlislarga eshittirib, xalqdan rahmat olish do'stimizga doim nasib qilsin. 

Axbor Imomxo'jaev shuningdek Qo'qonda jamoa qay tariqa tuzilgani va ilgari jamoa safida qaysi o'yinchilar harakat qilgani to'g'risida ham tadbir qatnashchilariga so'zlab berdi.

Anvarjon Oxunov ham o'z navbatida ustozining bunday etirofidan to'lqinlanib, u kishiga minnatdorchilik bildirgan xolda, o'tirganlarga “Paxtakor”ning SSSR chempionatida ishtirok etgan tarkibini yoddan aytib bergan xolda, ko'pchilikni qoyil qoldirdi. 

SHundan so'ng “Qo'qon-1912” faxriylar jamoasi azosi Zohid Nurmatov ham so'zga chiqib, “Qo'qon-1912”ning yana kuchlilar safiga qaytgani bilan jamoa azolari va muxlislarni tabrikladi. 

Tadbirga tashrif buyurgan qiziqchi Jo'raxon Po'latov va Akramjon Anvarov ichak-uzdi hangomalari bilan zalda o'tirganlarga kulgu ulashdi. Ayniqsa 81 yoshni qarshi olgan Jo'raxon otaning bir-biridan qiziq askiyalari ko'pchilikka yoqib tushdi. 

Darvoqe, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi mahalliy jurnalist, shoir Mo'ydinjon Yo'ldoshev ham tadbirga quruq kelmagan ekan. U kishi jamoa va futbolchilarga atab yozgan sherini o'qib eshittirdi. 

Muxlislar nomidan esa Yo'ldosh ota so'zga chiqib, futbolchilarga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. Ishqibozlar sovg'asini yarim himoyachi Bahodir Akramov qabul qilib oldi. 

SHu tariqa bayram kechasi o'z poyoniga etdi. 

Islombek Rustambekov.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика