"Qo'qon-1912"dan daraklar: Islom Abdullaev ketdi, Doniyor Ismoilov va Azamat Isroilov keldi
19 jan 2023 12:47
Yangiliklar


"Qo'qon-1912"dan daraklar: Islom Abdullaev ketdi, Doniyor Ismoilov va Azamat Isroilov keldi
Bu yilgi mavsumni Pro ligada boshlaydigan "Qo'qon-1912" tarkibida o'zgarishlar davom etadi.
Ayni paytda "shunqorlar" safini darvozabon Islom Abdullaev tark etgan. Tarkibga esa "Turon"dan Doniyor Ismoilov, "Andijon"dan Azamat Isroilov mashg'ulotlarga jalb qilingan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Qo'qon-1912"ga yangi rahbar tayinlangandi, so'ngra Qo'qondagi "Markaziy" stadionida katta hajimdagi ishlar olib borilayotgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar