So’nggi yangiliklar

09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  0 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  8 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  3 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  3 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  1 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  3 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  5 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  180

"Qo'qon-1912": Yoshlarimizning uchinchi g'alabasi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Yoshlarimizning uchinchi g'alabasi

Teglar :  Qo'qon-1912FarDU
Farg'ona Viloyati Hokim kubogi doirasidagi "Qo'qon-1912" - “FarDU” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan oldinga tashlangan vakillarimiz raqib darvozasi oldida birinchi xavfli vaziyatni 7-daqiqada vujudga keltirishdi. Islom Karimov jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi. Uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

14-daqiqada Dilshod Baratovning o'tkir bo'rchak ostidan bergan zarbasini “Talabalar” posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 42-daqiqada Sardor Isaqov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Uning uzoq masofadan bergan zarabasini “talabalar” darvozaboni qaytarishga ojiz qoldi. Birinchi bo'limda har ikki jamoada bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga kelganiga qaramay, boshqa to'p kiritish hech kimga nasib etmadi. Ikkinchi bo'lim yoshlarimiz uchun omadsiz boshlandi. 48-daqiqada “FarDU” futbolchisi  Sardor Masodiqov darvozamizni aniq nishonga oldi.

68-daqiqada yoshlarimiz yana oldinga chiqib olishdi. Islom Karimov yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg'ol etdi. 78-daqiqada Iqbol Malikjonovning jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pi Orif Mamajonovning noaniq zarbasi bilan yakun topdi. Qolgan daqiqalarda ham jamoalarda bir nechta imkoniyat yuzaga keldi. Ammo ularning barchasi samarasiz yakunlandi. SHu tariqa, Muhsin Nizomiddinov shogirdlari musobaqadagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. “Qo'qon-1912-2” jamoasi turnirdagi oxirigi uchrashuvini 3 fevral kuni Andijonning “O'z Tong Xong Ko” klubiga qarshi o'tkazadi.


“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”
“D” guruhi
4-tur

“Qo'qon-1912-2” – “FarDU” 2:1 (1:0)
Gollar
: Sardor Isaqov-42, Islom Karimov-68. – Sardor Masodiqov.

“Qo'qon-1912-2”: 30. Islom Abdullaev,  5. Doniyor To'lashev,  8. Islom Karimov, 10. Iqbol Malikjonov, 11. Ibrohim Muxtorov, 21. Doston Meliqo'ziev, 19. SHoxrux Xolmatov, 22. Orif Mamajonov, 25. Dilshod Baratov, 26. Sardor Isaqov,  27. Ismoil Oxunjonov.
Zaxira:
1. Muhammadali Sobirov, 2. Muhsin Baratov, 4. Mamur Rahimov, 6. Ramzbek Isaqov, 14, Ibrohim Ahmadjonov, 15. Mo'min Sodiqjonov, 17. Abror Ergashev.

“FarDU”: 1. Doston Mirxzarimov, 4. Zuhriddin Rahmatov, 3. Xo'jamurod Nasriddinov, 6. Mashhur G'ulomov, 5. Doston Rahimjonov, 21. Kozim Ahmadjonov, 14. Qahramon Mamadaliev, 10. SHerdor Turanov, 77. Bekzod Alijonov, 15. SHahboz Mo'minov, 8. Sardor Masodiqov.
Zaxira:  71. Faxriddin Mirzaqosimov, 7. O'tkir Mahmudov, 13. Abbos Salimjonov, 11. Akbar Sobirov, 12. Sobir Abdumo'minov, 16. Rustam Solijonov, 17. Muhammadsodiq Hakimjonov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика