

Endi futbolchilarga qisqa muddatli tatil beriladi. 25 fevralda jamoa a'zolari Qo'qon shahridagi klub qarorgohiga yig'ilishadi. Aynan shu kundan e'tiboran O'zbekiston chempionati 1-turi doirasidagi “Obod”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorgarlik boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Oliy liga-2016dagi ochilish uchrashuvi 5 mart kuni Qo'qondagi “Markaziy” stadionda o'tkaziladi.



