So’nggi yangiliklar

18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  0 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  3 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  11 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  4

"Qo'qon-1912" Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda. 16 yanvar kuni "Neftchi" bilan o'rtoqlik o'yini Yangiliklar

"Qo'qon-1912" Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda. 16 yanvar kuni "Neftchi" bilan o'rtoqlik o'yini

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqda.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. O'tgan mavsumni so'nggida oyog'ida kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazgan yosh hujumchi, Xamidillo Abduxamidov shifokorlar nazorati ostida alohida shug'ullanmoqda. Qolgan barcha futbolchilar sog'-salomat. Ular mashg'ulotlarda  astoydil ter to'kishmoqda. 

Kechagi mashg'ulotlarda jamoa tarkibiga  qo'qonlik darvozabon Xurshid Xo'jaev kelib qo'shilgan. Malumot o'rnida takidlash joiz mahoratli kiper o'tgan mavsumni Pro liga vakili "Istiqlol" jamoasida o'tkazgan edi. 

“SHunqorlar” Toshkent yig'ini davomida ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishni reja qilishgan. Ularning birinchisi o'z oldiga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilgan  Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. “Farg'ona derbi”si 16 yanvar kuni o'tkazilishi reja qilingan. Uchrashuv o'tadigan joy va vaqti yaqin kunlarda malum qilinadi.

Jamoaning kechagi mashg'ulotni yordamchi murabbiy Zohid Nurmatov boshchiligida quvnoq kayfiyatda o'tkazdi.


"Mashal"dan kelib qo'shilgan Mo'min Meliev jamoaga tezda kirishib ketishga harakat qilmoqda.


Muzaffar Abdullaev va Xurshid Xo'jaev.


Quvondiq Ro'zievdan bu yil muxlislar yanada ko'proq narsa kutishlari tabiiy.

Andijonda "Bobur Arena" ochgan Bobir Akbarov mashg'ulotlarda faollikni qo'ldan boy bergani yo'q.


Eldor Adhamov: "Qo'qon-1912"ga yanada o'sish uchun keldim


Murod Holmuhammedov joriy yilda yanada ko'proq gol urishni maqsad qilgan bo'lsa ajab emas.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика