“Qo'qon-1912" Tojikistondagi ilk nazorat uchrashuvida jangovar durang o'ynadi
06 fev 2024 09:00
Yangiliklar
“Qo'qon-1912" Tojikistondagi ilk nazorat uchrashuvida jangovar durang o'ynadi
Kecha Tojikistonda “Qo'qon-1912" jamoasi ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Qo'qonliklar Tojikiston Oliy ligasi vakili “Xo'jand”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv jangovar 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
“Qo'qon-1912" — “Xo'jand” 2:2
Birinchi bo'limda maydonga tushganlar: Isakov, Qambarov, Akbarov, Toshtemirov, Akramov, Miraxmadov, Abduraxmonov, SHaripov, No'monov, Malikjonov, Petrov.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Muxtorov, Merzlyakov, Zokirjonov, Beshimov, Komilov, Turdaliev, Paxlavonov, Nematov, Ro'ziev, Husanov.
Fikrlar