So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Qo'qon-1912": “So'g'diyona” yirik hisobda taslim etildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": “So'g'diyona” yirik hisobda taslim etildi

Jamoamiz so'nggi yig'indagi birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Vakillarimizga Jizzaxning “So'g'diyona” klubi raqiblik qildi. O'yinda tashabbusga ega bo'lgan No'mon Hasanov shogirdlari yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

Uchrashuv boshida Nosir Otaqo'zievning chalqancha usulda  bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. Oradan biroz o'tib, uchrashuvda hisob ochildi.

Burchak zarbasidan so'ng Jalil Kimsanov boshi bilan “So'g'diyona” darvozani ishg'ol qildi.

Birinchi bo'limning qolgan daqiqalarida ham futbolchilarimizda bir qator vaziyatlar vujudga keldi. Ammo ularni yakunlashda aniqlik etishmadi.

Ikkinchi taym boshida Bahodir Pardaev himoyachining xatosidan unumli foydalanib, hisobni bittaga oshirdi.

Aleksandr Merzlyakovning to'p oshiririshidan keyin  Nosir Otaqo'ziev boshi bilan raqib darvozani aniq nishonga olib hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Oradan biroz o'tib, Suhrob Berdievning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pga birinchi bo'lib Otaqo'ziev etib keldi va jizzaxliklar posboni ojiz qoldirdi..

Goldan keyin katta kuch bilan hujumga otlangan “So'g'diyona” futbolchilari penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi.  Ammo Aziz Ashurov mahorat ko'rsatib, penaltini qaytardi. Penaltini Akmal Abdurahmonov aniq amalga oshira olmadi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida futbolchilarimiz raqib darvozasini beshinchi bor aniq nishonga olishdi. Bu safar gol muallifi Bahodir Pardaev bo'ldi.

SHu tariqa jamoamiz birinchi nazorat uchrashuvini g'alaba bilan tugatdi.

“So'g'diyona”  ustidan qozonilgan yirik g'alaba jamoamizning sport direktori SHuhrat aka Mo'minovning tug'ilgan kuniga sovg'a bo'ldi.


Nazorat uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” 5:0 (1:0)

Gollar: Jalil Kimsanov, Bahodir Pardaev 2 ta , Nosir Otaqo'ziev 2 ta.

“Qo'qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 5. Jalil Kimsanov, 6. Bahodir Akramov, 9. Nosir Otaqo'ziev, 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 20. Ruslan Melziddinov, 29. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 90. Suhrob Berdiev, 99. Bahodir Pardaev.

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 75. Ibrohim Rahimov, 22. Orif Mamajonov, 49. SHohruh Xolmatov, 28. Avaz Mamatxo'jaev.

“So'g'diyona”: Karim Muhammedov, Azamat Isroilov, Elyor Oripov, Rustam Azamov, Omonjon Xalilov, G'ulom O'runov, Sunatilla Mamadaliev, Akmal Xolmatov, Sardor Eminov, Ixtiyor Toshpo'latov, Alisher Mahmudov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика