So’nggi yangiliklar

17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  0 16:38Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17. Таркиблар маълум  2 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  2 15:31"Интер Майами" Неймарга қизиқмоқда. Бразилиялик футболчи "Барса"да Месси ва Суарес билан ўйнаган  1 14:49"Ал Аҳли" Винисиус учун "Реал"га 300 млн фунт тўлашга тайёр  1 13:53Мбаппе жиддий жароҳатдан қутулиб қолди. У кейинги ҳафтада "Реал" билан машғулот ўтказиши мумкин  8 13:10"Бавария" 39 ёшли Нойер билан шартномани узайтиради?  2 12:32"Манчестер Юнайтед" "Реал" ярим ҳимоячисига эътибор қаратди  2 12:02Кевин Амаро: "Ўзбекистон - биз учун сирли жамоа"  2 11:29"Ювентус" Сандро Тонали учун "Манчестер Юнайтед" билан баҳслашади  0 10:55Англиялик футболчи одам ўлдиргани учун қамоқхонада ўтириб чиқиб, собиқ жамоасига қайтди  3 10:30Marca нашри "Реал Мадрид"нинг шорт-листидан ўрин олган уч нафар ҳимоячи номини эълон қилди  3 10:02Футзал. "Сурхон" ва "Нефтчи"да мағлубият. "Бунёдкор" рақибига 8 та гол урди  0 09:33"Олтин тўп" соҳиби: "МЮ - футболчилар қабристонига айланиб қолди"  3 09:05"Реал Мадрид" юлдузи ҳам жароҳат олди  5

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona". Prevyu Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona". Prevyu

Bugun Qo'qonda O'zbekiston Superligasi 3-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” o'yini bo'lib o'tadi.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida jami 28 marta o'zaro to'qnash kelgan. O'yinlarning 8tasida "Qo'qon-1912" g'alaba qozongan bo'lsa, 13ta o'yinda "So'g'diyona" g'alaba qozongan. 7 o'yinda durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati 44-33, “So'g'diyona” foydasiga. O'zaro o'yinlarda "Qo'qon-1912" jamoasi 31 ochkoni qo'lga kiritgan. "So'g'diyona"ning ochkosi esa 46tani tashkil etadi.

Ushbu jamoalarning o'tgan yili Qo'qonda bo'lib o'tgan o'yinida "So'g'diyona" 2:1 hisobida g'olib chiqqandi. Gollarni mehmonlardan Ivan Nagaev va Kaxi Maxaradze, maydon egalaridan esa Murod Xolmuhammedov penaltidan urgandi. Birinchi davrada Jizzaxdagi o'yinda durang 2:2 hisobi qayd etilgandi. Gollarni jizzaxliklardan SHoxruz Norxonov va Elyor Oripov urgan bo'lsa, qo'qonliklardan Suhrob Berdiev dublga erishgandi.

Qo'qonda bo'lib o'tgan so'nggi beshta o'yin:
30.07.2019 Qo'qon-1912 - So'g'diyona - 1:2
25.11.2018 Qo'qon-1912 - So'g'diyona - 0:0
29.07.2018 Qo'qon-1912 - So'g'diyona - 2:1
20.06.2017 Qo'qon-1912 - So'g'diyona - 3:2
16.06.2016 Qo'qon-1912 - So'g'diyona - 1:2

O'yin rasmiylari

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, SHavkat Nasibullaev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Zohir Akramxonov

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" o'yini bugun Qo'qon shahridagi "Markaziy" stadionda soat 16:00da boshlanadi. Kecha esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari maydonga tushdi va maydon egalari yirik 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.


Farhodjon Uzoqov tayyorladi


Qo’qon-1912

Sardor Azimov - 17', Filip Rayevac - 45'

Superliga. 3-tur

14/03/2020, 16:00

1
:
2
Tugadi

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 58'

45'
90'
17'  Sardor Azimov
17'  Shohnazar Norbekov
45'  Filip Rayevac
45'  Murod Xolmuhamedov
58'  Shohruz Norxonov
72'  SHavkat Mullazhonov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика