So’nggi yangiliklar

18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  0 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  3

"Qo'qon-1912": "SHo'rtan" bilan kuchlar teng keldi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": "SHo'rtan" bilan kuchlar teng keldi

Teglar :  Qo'qon-1912SHo'rtan
"Qo'qon-1912" azolari bugun G'uzorning “SHo'rtan” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Murabbiylarimiz bugun asosiy tarkibda “Qizilqum”ga qarshi bahsda o'ynamagan futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tushirishga qaror qilishdi.

O'yinni futbolchilarimiz faol tarzda boshlashdi. 4-daqiqada Filip Rayevac-Muhammadanas Hasanov kombinaciyasi chiroyli chiqdi. Biroq yakuniy zarbaga aniqlik etishmadi. Oradan ikki daqiqa o'tib, o'yinda hisob ochildi. Sobir Hamidov ijrosidagi zarba shedevr golga aylandi. Sobir Hamidov taxminan 20 metrlardan yo'llagan juda chiroyli zarbasi bilan darvoza to'qqizligini aniq nishonga oldi. Aynan Hamidov bugungi bahsda jamoamiz sardori sifatida maydonga tushdi.

Goldan keyin g'uzorliklar hujumga zo'r berishdi. 11-daqiqada Sardor Sobirxo'jaev darvozabonimiz bilan deyarli birga-bir chiqib kuchli zarba yo'lladi. Ribkin mahorat ko'rsatib to'pni qaytarib qoldi.

21-daqiqada hisob tenglashdi. Akmal Xolmatov mahorati evaziga hisob tenglashirishga erishdi.

37-daqiqada darvozamizga penalti belgilandi. Uni esa Eldor Boymatov aniq amalga oshirdi.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Filip Rayevac hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo uning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limni futbolchilarimiz shiddatli tarzda boshlashdi. 52-daqiqada Muhammadanas Hasanov indivudial mahorati evaziga darvozabon bilan birga-bir chiqdi. So'nggi zarbasi esa noaniq bo'ldi.

69-daqiqada vakillarimiz ajoyib kombinaciya uyushtirishdi. Mamajonov-Sidorov-Rustamov ijrosidagi kombinaciya chiroyli chiqdi. Biroq so'nggi zarbagacha ish etib bormadi.

76-daqiqada g'uzorliklar uchinchi golni kiritishga yaqin kelishdi. Ammo Maruf Murodov ikki metrdan darvozamizni ishg'ol qila olmadi. Ushbu vaziyatda omad biz tomonda bo'ldi.

84-daqiqada Andrey Sidorov hisobni tenglashtirdi. CHap qanotdan jarima zarbasini Sobir Hamidov chiroyli tarzda jarima maydonchasiga uzatib berdi. Sidorov hammadan baland sakrab boshi bilan raqib posboni ojiz qoldirdi.

Uchrashuv durang natija bilan intiho topdi.

Eslatib o'tamiz, vakillarimiz ertaga navbatdagi nazorat uchrashuvini Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi o'tkazishadi. SHu kunga qadar No'mon Hasanov shogirdlari uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, barcha raqiblaridan ustun kelishdi. (“So'g'diyona” 5:0, “Dinamo” 6:1, “Qizilqum” 1:0).



O'rtoqlik uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “SHo'rtan”

Bosh hakam:
V. Serazetdinov.

Gollar: Sobir Hamidov-6, Andrey Sidorov-84. – Akmal Xolmatov-21, Eldor Boymatov-37 (pen).

“Qo'qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Oybek Rustamov, 7. SHohruh Xolmatov, 8. Filip Rayevac, 17. Andrey Sidorov, 19. Muhammadanas Hasanov, 22. Orif Mamajonov, 25. Iqbol Malikjonov, 28. Avaz Mamatxo'jaev, 31. Suhrob Rahmonov, 70. Sobir Hamidov.

Zaxira: 30. Islom Abdullaev, 11. Akmal Xolmurodov, 23. Bahodir Akramov, 24. Ibrohim Rahimov, 33. Suhrob Berdiev, 75. SHerzod Alijonov.

“SHo'rtan”: Eldor Tojiboev, Obid Jo'raboev, Umar Eshmurodov, Siroj Hamroev, Jahongir Jiyanmurodov, Ruslan Vagapov, Saidkamol Akbarov, Sardor Sobirxo'jaev, Eldor Boymatov, Akmal Xolmatov, Qadamboy Nurmetov.

Zaxira: Otabek Narzullaev, Igor Taran, Jamol Otaqulov, Maruf Murodov, Olim Karimov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика