"Qo'qon-1912" safiga Marko Milich qo'shildi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2018, 17:35
Toshkentda mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" murabbiylari selekciya ishlarini bir muddat ham to'xtatishgani yo'q.

Bugun jamoa tarkibiga Serbiya davlatidan yana bir futbolchi kelib qo'shildi.

Serbiyaning “Bejaniya” klubi a'zosi bo'lgan Marko Milich bugun erta tongda Toshkentga yetib keldi. Marko Milich bo'yi 191 sm  bo'lgan markaziy himoyachi sanaladi. U bugunning o'zida jamoa a'zolari bilan tanishib, uzoq yo'l bosib kelishiga qaramay,  “Bunyodkor” stadionida bo'lgan mashg'ulotlarda ishtirok etdi.

Ertaga "Qo'qon-1912" Dushanbening “Istiqlol” jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazadi. Marko katta ehtimol bilan ertagalik uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda. Agar serbiyalik himoyachining harakatlari murabbiylarimizni qanoatlantirsa u bilan shartnoma imzolanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz