

Yangi mavsum oldidan “Qo'qon-1912” stadioni O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining amaliy ko'magi bilan to'liq ta'mirlandi. Lekin stadion maydonining chimlari fevral oyida ob-havoning sovuq kelganligi sababli etarli darajada o'sib etilmadi.
Shu sababdan "Qo'qon-1912" jamoasi O'zbekiston Professional Futbol Ligasiga mazkur uchrashuvni “Qizilqum” futbol klubining stadionida o'tkazilishiga ruxsat berilishini so'rab murojaat qildi. PFL ushbu murojaatni qondirdi va 2-tur doirasidagi uchrashuv Navoiy shahriga ko'chirildi.

Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasi



