So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

“Qo'qon-1912” – “Paxtakor” prevyu Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Paxtakor” prevyu

Teglar :  Qo'qon-1912Paxtakor
SHanba kuni “Qo'qon-1912” jamoasi Oliy liga 9-tur doirasida o'z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Ushbu o'yinga doir statistik malumotlar bilan tanishing.


O'zaro o'yinlar

“Paxtakor” va “Qo'qon-1912” oliy ligada shu kunga qadar 22 marta to'qnash kelishgan. Toshkent klubi 13 marta g'olib bo'lgan, 4 ta o'yinda durang qayd etilgan. Qo'qonliklar hisobida 5 ta g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda – 64:34. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 43, “Qo'qon-1912” 19 ochkoni  qo'lga kiritgan.

O'tgan yil ikkinchi davrda Qo'qonda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Qo'qonda o'tgan so'nggi olti uchrashuv:

08.08.2016 Qo'qon-1912 – Paxtakor 1:1
05.07.2015 Qo'qon-1912 – Paxtakor 2:2
02.11.2003 Qo'qon-1912 – Paxtakor 3:2
04.06.2002 Qo'qon-1912 – Paxtakor 1:3
21.05.2000 Qo'qon-1912 – Paxtakor 2:1
13.04.1999 Qo'qon-1912 – Paxtakor 3:2
 
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning Qo'qonda o'tgan o'yinlarida jamoamiz 4 bor zafar quchgan. To'rtta bahsda g'olib nomini aniqlashning imkoni bo'lmagan. Qo'qonda o'tgan oxirgi 8 ta o'yinda kamida 3 tadan gol urilgan.
 
O'yin hakamlari
6 may kuni Qo'qonda bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvini Rustam Bobomurodov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo'lishdi.

Eslatib o'tish joizki, ushbu hakam o'tgan mavsumda jamoamiz ishtirokidagi bitta uchrashuvda ishlagan.

Oliy liga
9-tur
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Jalimov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.
 
Boshlanish vaqtlari
SHanba kuni Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda o'tkaziladigan uchrashuv soat 17:00da boshlanishi belgilangan. 5 may kuni esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Ushbu bahs 16:00da boshlanadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика