So’nggi yangiliklar

17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  13 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  2 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  9 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  5 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  15 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12

“Qo'qon-1912" - "Paxtakor". O'yin atrofidagi voqeliklar Yangiliklar

“Qo'qon-1912" - "Paxtakor". O'yin atrofidagi voqeliklar

Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston kubogi musobaqasida yarim final bahslari bo'lib o'tib o'tdi.

CHorak finalda Muborakning "Mashal" klubini mag'lub etgan "Qo'qon-1912" mazkur bosqichda o'z maydonida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qildi. Ushbu uchrashuvda qayd etilgan natija va jarayonlar saytimiz orqali yoritib borildi. Biz bir oz noodatiy vaqtda, yani soat 13:00da boshlangan ushbu yarim final bahsi atrofidagi voqeliklarni etiboringizga havola etmoqchimiz.



Qo'qon hunarmandlar shahri hisoblanadi. SHaharga kiraverishda sizni mana shu manzara qarshi oladi.



Tuyalar karvonni, karvonlar esa “Buyuk ipak yo'li"ni yodga solishi tabiiy.


"Markaziy" o'yingohning kiraverishi. Bu aynan shunday ko'rinishi bilan mashhur.



Endi esa o'yingohning kiraverishiga uzoqdan razm solamiz. O'yinga bir soatdan ortiqroq vaqt bor, muxlislar esa allaqachon etib kelishgan.



Qo'qonda 1912-yilda birinchi futbol jamoasi tuzilgan, buni bilasiza?



Stadionga muxlislar tashrifi boshlandi. Kichkinagina malumot sifatida aytib qo'yish o'rinli bo'lardi, bugun "Markaziy"ga kirish hech kimga oson bo'lgani yo'q. Nazorat juda qattiq tartibda o'rnatildi.


"Markaziy"ga kirib borganimizda uchrashuv hakamlari va har ikki jamoa vakillari mashg'ulotlarni boshlashgandi.



Bu yigitni Qo'qonda yaxshi tanishadi va hurmat qilishadi.



Ular uzoq demasdan "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlash uchun etib kelishgan.




"Qo'qon-1912" fan klubi azolari sevimli jamoalarini tinimsiz olqishlab turishdi.



O'yin atrofi haqida gap ketganida mashhur futbol muxlisasi haqida aytib ketmasak bo'lmas. Aytgancha, 19-dekabrda Bibixonni tug'ilgan kuni ekan, tabriklaymiz!



Saytimizning instagramdagi sahifasida "O'zbekiston chempioni - "Paxtakor" deya xitob qilgan yigitcha nihoyat Jaloliddin Masharipov bilan suratga tushishga muvaffaq bo'ldi.


Qo'qonda bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi musobaqasining yarim final bahsining o'yin atrofidagi voqeliklari haqida aytmoqchi bo'lganlarimiz shulardan iborat. Etiboringiz uchun tashakkur,bizni kuzatishda davom eting!



Bekzod Tolibov, Dilmurod Isaqov Championat.asia uchun Qo'qondan maxsus.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика