So’nggi yangiliklar

09:45Клаудио Раньери кечаги учрашувда нега асосий таркибда ўзгаришлар қилганини тушунтириб берди  0 09:13Sofascore. Кечаги учрашувда «Ман Сити» ҳимоячилари неча баҳо олишди?  9 08:40Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Наполи»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:13Расман. Маркус Рэшфорд МЮдан кетди  4 07:50«Андижон» сардори Ильдар Маматказин легионерга айланди  3 07:30Туркия. Иккита тўп фарқи билан ютқазаётган "Фенербахче" камбек амалга оширди  2 07:00АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити"ни тор-мор этди  73 06:50А Серия. "Рома" – "Наполи" 1:1, Шомуродов ўйинни асосий таркибда бошлади  37 02:58ЛаЛига. Антони "Бетис"даги дебютидаёқ энг яхши футболчи бўлди  1 02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  20 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  231 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2

"Qo'qon-1912" nega hech kimni transfer qilmadi? Yangiliklar

"Qo'qon-1912" nega hech kimni transfer qilmadi?

Qo'qonning bosh jamoasi bugun poytaxtdagi "Jar" o'yingohida "So'g'diyona" bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Jangovar durang qayd etilgan bahsdan keyin "Qo'qon-1912" ustozi Baxtiyor Ashurmatovdan o'zimizni qiziqtirgan bir nechta savollarga javob oldik.

— 15 ochko, 9-o'rin. Bu sizni qoniqtirmasligini bilamiz. Tanaffus mahali jamoada nimani o'zgartirdingiz?

— Birinchi davra haqida 2 xil fikr bildirishimiz mumkin. Salbiy: uy uchrashuvlari biz uchun omadsiz kechdi. Aynan Qo'qonda yo'qotilgan ochkolar turnir jadvalidagi o'rnimizga yomon tasir qildi. Ijobiy: yigitlar hech qaysi o'yinda taslim bo'lishmadi va oxirigacha kurashishdi. Futbolda xarakter ko'p narsani hal qiladi, bizda shunday jamoa shakllanyapti. 

Bundan tashqari, sovrinli o'rinlarga davogarlar hali uzoqlashib ketgani yo'q. Yo'qotilgan ochkolar o'rnini 2-davrada to'ldirib olamiz.

Tanaffusda o'yinchilarning jismoniy holatini ko'tarish uchun harakat qildik. Xatolar ustida ishlab, taktik kamchiliklarni o'rgandik. CHunki ortda qolgan 12 turda pozicion hujumlar tashkillashtirishda ancha oqsashimiz ko'rinib qoldi. 

Transfer oynasida yangi futbolchilarni taklif qilmadik. Mavjud kadrlar natijani yaxshilashga urinib ko'ramiz.

— Oldinroq yarim himoyachilar bo'sh o'yin ko'rsatayotgani haqida gapirgandingiz. Nega yangi o'yinchilar taklif qilinmadi? Bu murabbiyning shaxsiy qarorimi? Yoki...

— Yaxshi saviyadagi futbolchilarni xarid qilish yoki ijaraga olish qimmatga tushadi. Erkin agentlar ham shartnoma uchun katta mablag' talab qiladi. SHu tufayli ushbu g'oyadan voz kechdik. Bu bir tomondan tarkibdagi shogirdlarimizga ishonishimizni bilirsa, boshqa tomondan yangi nomlarni jalb qilish osonmasliginini ko'rsatadi.

— Yuqorida aytganingizdek, "Qo'qon-1912" uy uchrashuvlarida atigi 2 ochko yig'di. Lekin, safar o'yinlaridagi reytingda "Paxtakor"dan keyin 2-o'rinni egallab turibdi. Buni qarangki, tanaffusdan keyingi 1-raqib "Navbahor". Mazkur bahs Yaypanda o'tarkan. Namangan klubiga qarshi bahs haqida gapirsangiz...

— "Navbahor"ga qarshi uchrashuvlar har doim murakkab bo'lgan. Safar o'yinlarida qarshi hujum taktikasida harakatlansak, uyda 1-raqamda o'ynashimiz kerak. Namanganliklar ham biz bilan o'yinda 2-raqamga o'tib o'ynasa kerak...

Aniq ayta olaman, bizni maydonimizdagi o'yinlarda raqiblarning barchasi ochiq futboldan qochyapti. O'tgan mavsum aksincha bo'lgan, Qo'qonda yaxshiroq o'yin ko'rsatgandik.

— Oldinroq VAR tizimini tanqid qilgandingiz. Balki, o'sha fikrlar qizishib turganingizda paydo bo'lgandir?

— Yo'q, keskin fikr bildirishimga sabab bor edi. Deyarli bir xil vaziyatlardda referi turfa xil qaror chiqardi. VAR hatto epizodni ko'rib ham chiqmagandi.

Umuman olganda, bu borada 2 xil fikr yangrayapti. O'ylaymanki, mazkur tizimning barcha o'yinlarda ishlashini taminlash kerak. To'g'ri, bu moliyaviy tomondan qimmatga tushishi mumkin. Lekin, bosqichma-bosqich o'tish kerak. 7 o'yindan 2tasida VAR ishlasa, qolganlar VAR yo'qligidan aziyat chekishi mumkin. 

Butun dunyo shu tizimni qo'llayapti, faqat biz mukammallashtirishimiz kerak. Men ko'proq hakamlar o'z ustida ishlashini so'rardim. Ko'ryapmiz, bazan kino ko'rgandek 9 minutgacha pauza yuzaga keltirishyapti. Bu yaxshi emas.

— VAR paydo bo'lgach, o'yindagi to'xtalishlar yanada ko'paydi. Ayniqsa, bizda. Bu maydondagi futbolchiga qanchalik tasir qiladi?

— Tasir qiladi. O'zi futbolimiz Evropaga qaraganda ancha sekin. Biz tezlikni oshirish, hujumkor va go'zal futbol ustida ishlashimiz kerak. VAR futbolni yanada sekinlashtirdi. Muxlislar ko'radigan chiroyli o'yin kamaydi.

SHuningdek, o'yinchi gol urgandan keyin xursand bo'lish, bo'lmaslikni bilmay qolyapti. Bu jozibani yo'qotadi. Aniq ayta olaman, futbol men o'ynagan davrga nisbatan ancha sekinlashdi.

Takrorlayman, hakamlar o'z ustida ko'proq ishlashi kerak. Bazi referilarga VAR ham yordam berolmayotganini ko'rdik. SHuningdek, murabbiylar ham ko'proq izlanib, futbolni tezlashtirishga urinishi lozim. 

— Oxirgi savolim bugungi hakamlar haqida. Sidorovning golidan keyin Agishevga keskin etiroz bildirgan Baqoev o'yindan chetlatildi. O'sha vaziyat haqida...
— Ko'rdim. Undan oldin menda ham hakamga nisbatan etiroz bo'lgandi. Baqoev esa o'sha vaziyatda qizishib ketdi, uni tushunish kerak. Referilarga nisbatan o'yin davomida etirozlar bo'lishi tabbiy holat. UFA ham, muxlislar ham buni to'g'ri tushunishini so'rardim. Maydon tashqarisida ular bilan munosabatlarimiz yaxshi.

— Demak, o'yindan tashqari holat yo'q edimi?

— Men juda ham uzoqda edim. Bu borada aniq fikr bildirolmayman. Lekin, Norxonovga nisbatan qoida buzilganga o'xshadi.

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика