So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

“Qo'qon-1912”: Navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: Navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi

17 iyun, juma kuni “Qo'qon-1912” futbol klubi qarorgohida klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bundan ko'zlangan maqsad, jamoaning oxirgi paytlarda qayd etayotgan qoniqarsiz natijasi va kelgusidagi aniq rejalar borasida kengashish edi.

Yig'ilishni klub vice-prezidenti, bosh direktori Tolipov Baxtiyor Adilovich o'tkazdi.

Majlis avvalida yig'ilish raisi so'z olib, yangi buyruqni o'qib eshittirdi. Unga ko'ra jamoa boshlig'i lavozimi bekor qilinganini va endiklikda sport direktori lavozimi joriy etilib, unga Mo'minov SHuhrat Adhamovich tayinlaganini, kelgusida turli musobaqalarni tashkil etish, murabbiylar ishini nazorat qilish va jamoaning natijasi, klubning tashkiliy ishlariga asosiy javobgarlardan biri Mo'minov bo'lishini takidladi.

SHuningdek B.A.Tolipov klubning tashkiliy ishlari xususan infratuzilma ijobiy tomonga o'zgarib borayotganini, asosiysi kelajak uchun mustahkam poydevor qo'yilayotgani, klub moddiy texnik bazasi esa sezilarli ravishda yaxshilanganini ammo shunga qaramay, jamoa qayd etayotgan natijalar bunga mos bo'lmayotganini bildirdi.

Yig'ilishda B.A.Tolipov “Qo'qon-1912” FK o'zining shonli tarixiga ega ekanligini, ilgari jamoa futbolchilari shahar obro'si uchun va ishqibozlarni xursand etish maqsadida jon qoyitib, astoydil o'ynaganini eslatib, hozirgi futbolchilarga ham shunday jonbozlik ko'rsatishlari lozimligini, har bir uchrashuvda maydonga muxlislarni mazmunli va ijobiy natija bilan xursand qilish uchun chiqish kerakligini takidlab o'tdi. Ilgari “Qo'qon-1912” jamoasida bazida moliyaviy muammolar bo'lgan ersada,  futbolchilarning har qanday raqib oldida ruhi yuqori bo'lganini, bugungi kunda esa aksincha vaziyat kuzatilayotganini aytib o'tdi.  

“Qo'qon-1912” so'nggi bor 16 may kuni o'z maydonida “SHo'rtan”ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. SHundan so'ng jamoa chempionatning 11-12-13-turida va O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi, dastlabki uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Bu esa eng avvalo klubning ashaddiy ishqibozlari va rahbariyatini qoniqtirmagani tabiiy. SHu bois klub vice-prezidenti, bosh direktori yig'ilishda oliy liganing birinchi davrasidagi qolgan 4ta o'yinda kamida 6 ochko olishni vazifa qilib belgilab, bu borada murabbiylar shtabi va futbolchilarni o'z ishiga yanada jiddiy yondoshishini vazifa qilib belgiladi.

Bugungi kunga kelib klubda aytarli moliyaviy inqiroz bo'lmayotganini, jamoa azolari oylik va mukofot pullarini o'z vaqtida olayotganini, shuningdek futbolchilarni uchrashuvlarga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'rishi uchun imkon qadar barcha sharoitlar yaratib berilayotganini bildirdi. SHu bois jamoaning har bir o'yinchisidan bahslarda maydonga g'alaba qozonish uchun chiqishlari zarurligini bildirdi.

SHundan so'ng futbolchilar nomidan jamoa etakchilari Andrey Baklanov, Igor Golban, Aleksey Nikolaev hamda Aziz To'xtaboev so'zga chiqib, birinchi davraning qolgan uchrashuvlari “Neftchi”, “So'g'diyona” (Kubok va chempionatdagi - muallif), “Bunyodkor” hamda “Paxtakor”ga qarshi kechadigan o'yinlarda g'alaba qozonish yo'lida bor kuchini berib o'ynashga vada berishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Rustam Abdullaev ham yig'ilish so'nggida so'z olib, qo'l ostidagi o'yinchilarga to'liq ishonishini, garchi natija ijobiy bo'lmayotgan ersada, o'yindan ko'ngli qisman to'layotganini bildirib, kelgusida natijani ham ijobiy tomonga o'zgartirish uchun qolgan uchrashuvlarda o'z oldilariga qo'yilgan vazifa – kamida 6 ochko olishga xarakat qilishini bildirib, muxlislarni quvontirishini malum qildi.

Yig'ilish raisi B.A.Tolipov murabbiylar shtabi va futbolchilarni jamoaning natijasini ijobiy tomonga o'zgarishi uchun jiddiy islohot qilishlarini talab etib, ularning oldiga yaqin oradagi aniq vazifani belgilab berdi.

Aks xolda klub rahbariyati birinchi davra so'nggida murabbiylar shtabi va futbolchilarni jamoada qolish-qolmasliklarini hal qilib berishini hamda ularga nisbatan keskin choralar ko'rilishini ham yig'ilish raisi alohida takidlab o'tdi. Hozirgi inqirozdan chiqib ketish uchun yaxshi imkoniyat bor. Buning uchun murabbiylar va futbolchilar ahil bo'lib, bir maqsad yo'lida ishlashi talab etiladi.  

Yig'ilish raisi: B.A.Tolipov

Yig'ilish kotibi: A.Oxunov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика