So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  7 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  6 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  21 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” o'zaro o'yinlar tarixidan Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” o'zaro o'yinlar tarixidan

Teglar :  Qo'qon-1912Navbahor
Juma kuni "Qo'qon-1912" Superliga 4-tur doirasida o'z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi. Vodiy derbisiga oid statistik malumotlarni taqdim etamiz.

Ochilish uchrashuvi
SHu kuni Qo'qondagi “Markaziy” stadionda mavsumning ochilish marosimi ham bo'lib o'tadi. Bu marosimga o'ziga xos tarzda tayyorgarlik ko'rilmoqda. SHanba kuni stadionga tashrif buyurgan muxlislar olam-olam taassurot bilan qaytishlari aniq.
 
O'zaro o'yinlar

“Qo'qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 24 bor kuch sinashishgan. 5 ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. “Navbahor” 15 ta o'yinda g'alaba qozongan. 4 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 50-27. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 49 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” esa 19 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Qo'qon-1912” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.10.2017  «Qo'qon-1912» – «Navbahor» 2:0
01.10.2016 «Qo'qon-1912» – «Navbahor» 1:1
31.05.2015  «Qo'qon-1912» – «Navbahor» 0:1
23.08.2003 «Qo'qon-1912» – «Navbahor» 1:2
09.11.2002 «Qo'qon-1912» – «Navbahor» 1:0
22.06.2000 «Qo'qon-1912» – «Navbahor» 1:4

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qo'qon-1912” o'z maydonida o'tkazgan 11 ta o'yinning beshtasida g'olib chiqqan. Uchta bellashuvda tomonlar ochkolarni bo'lib olishgan.


Qo'qondagi so'nggi uchrashuv
Ushbu jamoalarining oxirgi o'yini 2017 yilgi chempionatning  25-turda  Qo'qonda bo'lib o'tgan o'yin edi.  SHiddatli va keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Eski tanishlarning yangi to'qnashuvi
Juma kungi bahsda eski tanishlar – “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi No'mon Hasanov va “Navbahor” ustozi Ilhom Mo'minjonovlarning navbatdagi to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.
Mo'minjonov “Navbahor”ni qabul qilib olganidan beri “Qo'qon-1912”ni mag'lubiyatga uchrata olgani yo'q.
O'tkazilgan ikkita uchrashuvda durang qayd etilgan bitta o'yinda "Qo'qon-1912"ning qo'li baland kelgan.

Tarixiy o'yin
Bu jamoalari juma kuni Superligadagi o'zaro birinchi uchrashuvlarini o'tkazishadi. Demak, 31 mart kungi bahs o'ziga xos tarixiy ahamiyatga ega bo'ladi.
Tarixiy o'yinlar haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoalar 1992 yilgi O'zbekiston Kubogi finalidagi maydonga tushishganini eslash joiz.

Kimning tarnsfer narxi baland?
Germaniyaning Transfermarkt.de portali futbolchilarning taxminiy transfer narxini elon qilib borishidan xabaringiz bor. Ushbu saytning malumotiga ko'ra, “Qo'qon-1912” jamoasining umumiy narxi 4,23 million evroga baholgan. "Qo'qon-1912"dagi eng transferi yuqori bo'lgan futbolchi Aleksandr Merzlyakov bo'lib turibdi. Uning transfer narxi 450 ming evroga teng.

“Navbahor”ning umumiy narxi esa 4,4 million evroga baholangan. Namanganliklar tarkibidagi eng qimmat futbolchi - Davron Hoshimov bo'lib, uning trasfer narxi 400 ming evroni tashkil etmoqda.

Hakamlar
31 mart  kuni Qo'qonda bo'lib o'tadigan  “Qo'qon-1912” – “Navbahor ” uchrashuvini Hasan Ro'ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo'lishdi.
Ushbu hakam o'tgan yili ham “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvini boshqargan.
Umuman olganda, ushbu hakam shu kunga qadar "Qo'qon-1912" ishtirokidagi ettita uchrashuvda ishlagan.
 
Superliga
4-tur
“Qo'qon-1912” – “Navbahor”
Hakamlar: 
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent)
Komissar: M. Saidqosimov

Boshlanish vaqti
Mazkur uchrashuv juma kuni soat 18:00da “Markaziy” stadionida start oladi. 30 mart kuni esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari Uchko'prikdagi “Markaziy” stadionda maydonga tushishadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика