O'zbekistonlik hujumchi Iroq klubiga o'tdi
04 fev 11:16
Yangiliklar
O'zbekistonlik hujumchi Iroq klubiga o'tdi
Iroq chempionatida to'p tepadigan legionerlarimiz soni yana bittaga ko'paydi.
O'tgan mavsumda "Qo'qon-1912" libosida to'p tepgan hujumchi Jasur Xolto'raev Iroqning "Al Najaf" klubiga o'tdi. 28 yoshli forvard 2025 yil Superligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. U faoliyati davomida "Sho'rtan", "Surxon", "Metallurg", "Qizilqum", "Buxoro" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Malumot uchun, ayni paytda Iroqda Sherzod Temirov, Marlen Chobanov, Murod Bobojonov, Baxtiyor Qosimov, Jamoliddin Hikmatov o'ynamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar