So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  24 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Qo'qon-1912": Mavsum 2017 yakunlari: Qaysi jamoadan ko'p ochko olganmiz? Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Mavsum 2017 yakunlari: Qaysi jamoadan ko'p ochko olganmiz?

Teglar :  Qo'qon-1912
Muxlislar uchun mavsum yakunlariga doir yana bir qiziqarli malumotni taqdim etamiz. Bugun "Qo'qon-1912" qaysi jamoadan ko'p ochko olgani haqida so'z yuritamiz.

Futbolchilar yakuniga etgan mavsumda ikkita jamoadan oltitadan ochko olishga muvaffaq bo'lishdi. Aniqrog'i, “Neftchi” va “SHo'rtan” jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvlarda "Qo'qon-1912"ning qo'li baland kelgan.

To'rt jamoadan esa to'rttadan ochko olingan. “Buxoro”, “Obod”, “Dinamo” va “Navbahor”ga qarshi kechgan uchrashuvlarda  o'z maydonida g'alaba qozonib, safarda durang natija qayd etishgan.

“Qizilqum”, “Metallurg” va “So'g'diyona” jamoalariga qarshi kechgan o'yinlardan uch ochkodan qo'lga kiritilgan. Har uchalla raqibni o'z maydonida mag'lubiyatga uchratgan.

To'rtta jamoadan bir ochkodan olingan. “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Mashal” va “Olmaliq”qa qarshi kechgan o'yinlardan bir ochkodan olishga erishilgan. “Loko” va “Paxtakor” bilan Qo'qonda durang o'ynalgan. Qolgan ikki raqib bilan esa mehmonda kuchlar teng kelgan.

“Nasaf” va “Bunyodkor” klublari bilan kechgan bahslarda mag'lubiyatga uchralgan. Bu ikki raqibdan ushbu mavsumda ochko olinmadi.

SHuni aytish joizki, ochko to'plash bo'yicha futbolchilar so'nggi uch yildagi eng yaxshi ko'rsatkichga erishishdi.



Ochkolar taqsimoti:

“Nasaf” – 0

“Obod” – 4

“Qizilqum” – 3

“Neftchi” – 6

“Dinamo” – 4

“Mashal” – 1

“Metallurg” – 3

“SHo'rtan” – 6

“Paxtakor” – 1

“Navbahor” – 4

“Lokomotiv” – 1

“Buxoro” – 4

“Bunyodkor” – 0

“So'g'diyona” – 3

“Olmaliq” – 1

Jami – 41 ochko

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика