"Qo'qon-1912" mashg'ulotlariga legioner qo'shildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" mashg'ulotlariga legioner qo'shildi

“Qo'qon-1912” jamoasining Qo'qon shahridagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davom etmoqda.

Kecha futbolchilari ikki mahal mashg'ulot o'tkazishdi. Ertalabki mashg'ulotlar trenajyor zalida bo'lib o'tgan bo'lsa, kunning ikki yarmida o'yinchilar “Ahmadxon sport majmuasi”ning suniy qoplamali maydonida shug'ullanishdi.

Kechagi mashg'ulotlarga tarkibga yangi qo'shilgan Quvondiq Ro'ziev hamda yosh iqtidorli futbolchi Murodjon Komilovlar qo'shilishdi. SHuningdek asosiy tarkib futbolchilari Oybek Rustamov  va Mo'mimnjon Melievlar ham jamoa ixtiyoriga etib kelishgan. Jamoaning Serbiyalik futbolchisi Ivan Yosovich Toshkentdagi yig'inga etib kelishi ko'zda tutilgan.

Jamoa tarkibimida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. 

SHulardan biri sifatida  Ukrainalik legioner futbolchi  ham ko'rikdan o'tmoqda.  Asli kelib chiqishi Dog'istonlik bo'lgan Mamashev Magomed Yusufovich , 2002 yilda tug'ilgan bo'lib Kiev BO'SM tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda Mamashev Ukraina 1-ligasi vakili bo'lgan Ternopol shahrining “Niva” jamoasida to'p surgan.  Mamashev qanot “vinger”i hisoblanadi. U maydonda har ikki qanotda ham o'ynay oladi. Ukrainalik yosh futbolchi murabbiylar ko'rigida bo'lib turibdi. 

Umuman kechagi mashg'ulotlarda 25 nafar futbolchilar ishtirok etishdi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика