So’nggi yangiliklar

23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  1 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  13 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  0 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  7 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  1 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  4 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  1 20:24Қизларга футзал керак  11 19:45Симеоне "Реал"га қарши баҳс олдидан: "Ҳакам ҳақида ўйлаётганим йўқ"  12 19:24"Ал Насср" - "Ал Фейҳа". Криштиану Роналду ва Отабек Шукуров асосий таркибда  6 18:52Эрон. Чемпонлик учун курашётган Ўткир Юсупов ва "Фулад" ютқазиб қўйди  0 18:34Хитойдаги Осиё Кубогида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам иштирок этади  0 18:18Назорат учрашуви. "Динамо" - "Арал" 1:1  1 18:00"Интер Майами" янги мавсум учун барча абонементларини сотиб бўлди  2

“Qo'qon-1912” klubining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” klubining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi

Teglar :  Qo'qon-1912
Kecha klub qarorgohida “Qo'qon-1912” klubining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda klub rahbarlari , murabbiylar va barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Yig'ilish kun tartibidan 2016 yil 30 aprel kuni Farg'ona viloyati hokimligida bo'lgan yig'ilish yakunlari va jamoa o'yinlarini yaxshilash masalasi ko'rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan klub vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyor Tolipov so'z olib, jumladan shunday dedi:

– 2016 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik, klub boshliqlari va murabbiylar shtabi tomonidan tayyorlab berilgan reja asosida olib borildi. Selekciya ishlari ham murabbiylar shtabi tomonidan taklif etilgan futbolchilar bilan, futbolchilar talab qilgan sharoitlar asosida olib borildi. Bugungi kunda klubda yashash sharoitlari, ovqatlanish, vitaminlar bilan taminlash borasida barcha sharoitlar yaratildi. Futbolchi va murabbiylar oylik maoshlari o'z vaqtida berib kelinmoqda.  Bunga javoban esa sizlarda fidoiylik ko'rinmayapti. Viloyat hokimi SHuhrat Madaminovich G'aniev aytishganidek,  Qo'qon shahri va halqi uchun fidoiylik etishmayapti. Ayrim futbolchilar klub bilan shartnoma imzoladim endi maoshimni olib yuraverman deb xom xayolga borishmoqda, shekilli. Biz ishongan ayrim futbolchilar o'z darajalarida o'yin ko'rsata olishmayapti.

Aytishim mumkinki,  1-davra so'nggida jamoa 10-o'rindan pastda bo'ladigan bo'lsa, 2-davradan barchangiz bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko'rib chiqamiz. Oylik maoshlar qisqartiriladi.  Tibbiyot xodimlari ishi ham qoniqarsiz. Barcha dori-darmon va vitaminlar etkazib berilyapti, lekin jarohat olib safdan chiqqanlar ko'p bo'lmoqda.

Yoshlar jamoamizda yoshi katta futbolchilar emas, yoshlar o'ynashi kerak emasmi ? Biz Qo'qon futbolining kelajagi uchun yosh futbolchilarni tarbiyalashimiz kerak.

Hurmatli murabbiy, futbolchi va xodimlar.  Qo'qon futbolini qaytadan tashkil etish va uni rivojlantirish yo'lidagi olib borilgan mehnatimizni qadriga etishingiz kerak.

SHundan so'ng jamoa bosh murabbiyi Murod Ismoilov so'z olib quyidagilarni bayon qildi:

– Bugungacha tarkibimizdagi  deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berdik. Lekin ko'pchiligingiz o'zingizga bildirilgan oshonchni oqlamayapsiz. Yil boshida menda boshqa joyda ishlash variantlari ham bor edi. Lekin men sizlar bilan ishlashni tanladim. SHu kungacha qaysi jamoada ishlagan bo'lsam menga ishongan rahbarlarni uyaltirmaslikka harakat qilganman. Qo'qon futbolini necha yildan beri bilsam, hali hech qachon bu erga kelgan jamoa oson g'alaba qozonib ketmagan. Nimaga endi bizni davrimizda shunday bo'lishi kerak? Murabbiy bir o'zi hech narsa qila olmaydi.  Biz ahil bo'lsak, birgalashib xarkat qilsak,  Qo'qon halqini albatta xursand qila olamiz. Qachonki, Qo'qondan ketsak, ham yaxshi nom bilan ketaylik. Qo'qon halqi kelajakda bizni yaxshi taassurotlar bilan eslasin. O'ylaymanki, bugungi gaplardan barchangiz to'g'ri xulosa chiqarasiz va Qo'qon shahri shani uchun joningizni berib o'ynaysiz.

Yuqoridagilardan kelib chiqib yig'ilish qaror qabul qildi:

1.   Klub boshlig'i, sport direktori SHuhrat Mo'minov ogohlantirilib, murabbiy, futbolchi va klub xodimlari bilan xamkorlikda ish olib borish hamda tibbiyot xizmati ishini tartibga solish vazifasi yuklatilsin.
2.   Klub bosh murabbiyi Murod Ismoilovga ishdagi kamchiliklari ko'rsatib o'tilsin, klubga foydasi tegmayotgan futbolchilar haqida dalolatnoma yozib berib, klubdan chetlatish masalasi hal qilinsin.
3.   Klub boshlig'i SH.Mo'minov, bosh murabbiy M. Ismoilovga murabbiylar shtabi ishini qaytadan ko'rib chiqish vazifasi yuklatilsin. Katta murabbiy M. Nizomiddinov yoshlar jamoasiga o'tkazilsin.
4.   O'rinbosarlar tarkibi murabbiyi M.Abduvalievga 2016 yil 1 iyulgacha imkoniyat berib, jamoaga yosh iqtidorli futbolchilarni jalb etish vazifasi yuklatilsin.
5.   Futbolchilar Nodir Qo'ziboev va Azizxon Ibragimovlar bilan tuzilgan shartnomalar , klub boshlig'i va bosh murabbiy dalolatnomasiga asosan 1 may kunidan bekor qilinsin.
6.   Futbolchilar Navruz Alimov, Maruf Zokirjonov, Nosir Otaqo'ziev, Andrey Baklanov, Aziz To'xtaboev, G'ayrat Xasanov va Orif Mamajonovlarga 2016 yil 1 iyuligacha sinov muddati bilan imkoniyat berib, o'z ishlarida o'zgarish qilmasalar klubdan chetlatish haqida ogohlantirilsin.
7.   Jamoa 1-davrani 10-o'rindan past natija bilan yakunlasa, barcha futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar qayta ko'rib chiqilib, oylik maoshlari va ko'tarma pullari 50 foizga qisqartirilishi haqida ogohlantirilsin.
8.   Klub boshlig'i SH.Mo'minov, bosh murabbiy M.Ismoilov va selekciya ishlari bo'yicha murabbiy M.Umarovga birinchi davra yakuni bo'yicha talabga javob bermayotgan futbolchilar o'rniga boshqa etuk futbolchilarni topib jamoaga taklif qilish vazifasi yuklatilsin.
9.   Ushbu qaror nazoratini o'z zimmamda qoldiraman.

Yig'ilish raisi: B. Tolipov

Yig'ilish kotibi: A. Mamadaliev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика