So’nggi yangiliklar

14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  0 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  13 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  7 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  2 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   40 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  22 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  13 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  7

"Qo'qon-1912" klubi azosi "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" klubi azosi "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Qo'qon-1912" klubi azosi Oybek Rustamov "Mard o'g'lon" davla mukofoti bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faollik ko'rsatib, o'zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak manaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatiy hayotiy poziciya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun masuliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan fidoyi va mard o'g'lonlarimizni munosib rag'batlantirish maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi PF–5106-son farmoni va 2017 yil 21 noyabrdagi “Mard o'g'lon” davlat mukofotini tasis etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–3402-son qaroriga asosan:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo'yicha komissiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, talim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risidagi takliflari ilovadagi ro'yxatga muvofiq maqullansin.

2. “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida o'tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko'krak nishonlari topshirilsin.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard o'g'lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taminlasin.

4. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard o'g'lon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob istedodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Q.Quronboev zimmasiga yuklansin.



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                                SH.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,
2018 yil 28 iyun

* * *

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi PQ–3816-son qaroriga ilova

“Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R O' Y X A T I



Mambetnazarov Islambek Muratbaevich - Qoraqalpog'iston Respublikasi suv sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo'yicha murabbiyi

Sagatov Sabur Baxtiyar uli - Qoraqalpog'iston Respublikasi SHumanay tumanidagi “Komservis SHumanay” xususiy korxonasi direktori

Musaboev SHaxrizod To'ychibek o'g'li - Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Oltin er himoya” akciyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Xoldarov Iqboljon Boxodirjon o'g'li - Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Raxmonov SHerzod Tolibovich - Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Hamro Raxmon chorva” fermer xo'jaligi boshlig'i

Haydarov Muxammad SHamsiddin o'g'li - “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati SHofirkon tumani bo'limi azosi, yog'och o'ymakor usta

Isroilov Otabek Batirovich - “O'zbekiston temir yo'llari” akciyadorlik jamiyatining Jizzax temir yo'l masofasi etakchi muhandisi

Xolyigitov Behzod Mardiboy o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism mutaxassisi (Jizzax viloyati)

Abdisalimov Abdimalik Boxodir o'g'li - Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi 75-umumiy o'rta talim maktabining 9-sinf o'quvchisi

Tursunov Jahongir Yusup o'g'li - Respublika dizayn kollejining 3-bosqich o'quvchisi (Qashqadaryo viloyati)

G'afforov Ibrohimjon Qobiljon o'g'li - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumiy o'rta talim maktabining 8-sinf o'quvchisi

Qudratov Istam Safar o'g'li - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi elektrochilangari

Murodullaev Sarvarbek Javlonbek o'g'li - Namangan muhandislik-qurilish institutining 4-bosqich talabasi

Yusupov Muxammadxon Olim o'g'li - O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi etakchi mutaxassisi (Namangan viloyati)

Alikov Kamoljon Kamtar o'g'li - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Registon Kamoljon” xususiy korxonasi rahbari

Bahromov Ilhom Ismoil o'g'li - Respublika olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o'quvchisi (Samarqand viloyati)

Kayumxujaev Odilxuja Ikromxuja o'g'li - O'zbekiston davlat sanat va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Xamdamov Javlonbek Baxtiyor o'g'li - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Jalolov Bahodir Isomiddin o'g'li - Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi (Surxondaryo viloyati)

Tuxtashov Sanjar Karomatovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Termiz shahar yong'in xavfsizligi bo'limi harbiylashtirilgan yong'in xavfsizligi qismi yong'in o'chiruvchisi

Sabriddinov Asliddin Diyoriddin o'g'li - Toshkent viloyati Parkent agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich o'quvchisi

Sultonov Otabek Qurbonboy o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va sanat akademik liceyi 3-bosqich o'quvchisi (Toshkent viloyati)

Rustamov Oybek Rovshanjon o'g'li - Farg'ona viloyati “Qo'qon-1912” professional futbol klubi azosi

Xoshimov Qobiljon Qosimjonovich - O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasi harbiy qism vzvod komandiri (Farg'ona viloyati)

Allabergenov Zafar Ulug'bekovich - Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Egamberganov Xakimboy Kudrat o'g'li - O'zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Abdulboqiev Jamshid Fozil o'g'li - Toshkent shahar Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori

SHukurov Rovshanbek Abduraxmanovich - O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi (Toshkent shahri)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика