So’nggi yangiliklar

22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  8 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  6 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  8 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  9 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  19 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  4

“Qo'qon-1912” jamoasi bir nechta korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi, championat.asia esa klubning axborot hamkori Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi bir nechta korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi, championat.asia esa klubning axborot hamkori

Yangi futbol mavsumida o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan “Qo'qon-1912” jamoasi marketing borasida ko'zga ko'rinarli ishlarni amalga oshirdi.

Jamoa bir qator korxonalar va tashkilotlar bilan marketing borasida kelishuvga erishdi. Jamoa  bu mavsum o'z texnik hamkoriga ega bo'ldi. Toshkent viloyatida joylashgan “BAZIS” kompaniyasi jamoamizning texnik hamkoriga aylandi.  Yangi uy-joylarni qurishga ixtisoslashgan bu kompaniyaning logotipi jamoamizning liboslaridan o'rin oldi.

SHuningdek  “FUTURE GROWTH”  , “7 MEDIA”, “DRIVERS VILLAGE”, “ASIA LUXE”, “UZMILL LTD”, “ISHONCH” do'konlar tarmog'i hamda “YAPROQ” brendi jamoamizning bu mavsumdagi tijorat hamkorlari hisoblanishadi. Barcha futbol muxlislarining sevimli sayti bo'lgan “CHAMPIONAT.ASIA” portali jamoamizning yangi mavsumdagi axborot hamkoriga aylandi. Yuqorida nomlari keltirilgan  kompaniyalarning  reklamalari stadionimizda joylashgan barcha reklama tablolaridan hamda matubot anjumanlari , flesh-intervyular uchun tayyorlangan reklama bannerlaridan va  uchrashuvlarga chiqarilgan chiptalardan o'rin oladi. SHu bilan birgalikda “Qo'qon-1912” jamoasi hali titul xomiysiga ega bo'lmaganligini ham malum qilamiz. Titul xomiyning logotiplari jamoamiz liboslarining oldi qismidan joy oladi.

Bizning eshiklarimiz  barcha tadbirkorlar uchun ochiq.  O'z mahsulotlarini jamoamiz bilan hamkorlikda reklama qilishni hohlovchi tadbirkorlarni jamoamizning marketing bo'limiga murojaat qilishga chorlab qolamiz.

Bizning aloqa telefonlarimiz  +99891 691 37 82, + 99890 351 02 20


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика