"Qo'qon-1912": Iqbol Malikjonovning debyuti
04 apr 2016 08:13
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Iqbol Malikjonovning debyuti
Negaki, “Qo'qon-1912” jamoasi safida bir qator yosh futbolchilar to'p surishmoqda va ularni Qo'qon futbolining ertangi kuni deb etirof etishmoqda.
Mana shunday kelajagi porloq o'yinchilardan biri – Iqbol Malikjonovdir. Yoshlar ligasidagi ajoyib o'yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan yosh yarim himoyachi o'z ustida ishlashdan to'xtamadi. Natijada “Qo'qon-1912” jamoasi asosiy tarkibi bilan mashg'ulot o'tkaza boshladi.
2 aprel sanasi Iqbol Malikjonov hayotida uchmas iz qoldirdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. “Andijon”ga qarshi kechgan bahsda yosh futbolchimiz Oliy ligadagi debyut uchrashuvini o'tkazdi. O'yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Nosir Otaqo'ziev o'rniga maydonga tushgan Malikjonov jamoamizda o'z debyutini nishonlagan navbatdagi futbolchi sifatida tarixdan o'rin oldi. Aytish joizki, uning debyuti omadli keldi. Vakillarimiz derbida “Andijon”ni dog'da qoldirishga erishishdi. Yosh futbolchimiz ushbu g'alabaga o'z hissasini qo'shdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar