“Qo'qon-1912” “Instagram”da rasmiy sahifasini ochdi
07 fev 2015 19:50
Yangiliklar

“Qo'qon-1912” “Instagram”da rasmiy sahifasini ochdi
"Qo'qon-1912" futbol klubi "Instagram"da rasmiy sahifasini ochganini malum qiladi.
Yana kuchlilar safiga qaytgan “Qo'qon-1912” jamoasi o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan xolda, professionallik sari odimlamoqda. Bundan bir oy muqaddam, ishqibozlarimizni klubga oid xabar va yangiliklar bilan bevosita tanishtirib borish uchun rasmiy saytimizdan tashqari, “Facebook”/FC Qo’qon va “Twitter”/@fckokand1912 ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifamizni ochgandik.
Navbat “Instagram” ijtimoiy tarmog'iga etib kelgan edi. Endilikda “Instagram”da fckokand1912 profiliga azo bo'lib, klub faoliyati, uchrashuvlardan olingan turli fotosurat va videolar bilan tanishib borishingiz mumkin.
Sevimli jamoangiz to'g'risida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring. Biz bilan birga bo'ling va “Qo'qon-1912”ni qo'llab-quvvatlang!

Fikrlar