So’nggi yangiliklar

20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  0 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  4 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1

"Qo'qon-1912": Ikkinchi yoshligini o'tkazgan futbolchilar Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Ikkinchi yoshligini o'tkazgan futbolchilar

Teglar :  Qo'qon-1912
Yakuniga etgan mavsumda "Qo'qon-1912" safida bir qator yosh futbolchilarni yorqin o'yin namoyish etgani haqida malumot bergandik.

Bugun esa o'zini ko'rsatgan yoshi katta futbolchilarmiz xususida to'xtalib o'tamiz.

Tan olish lozim, Nosir Otaqo'ziev ushbu mavsumda o'zining ikkinchi yoshligini o'tkazdi. Mavsum boshida “Qo'qon-1912” safiga kelib qo'shilgan hujumchi raqiblar darvozasiga 9 ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Uning bir qator gollari jamoamizga muhim g'alabalarni taqdim etdi. Otaqo'ziev gollar sonini oshirishi ham mumkin edi. Ammo turli sabablarga ko'ra, u bir nechta uchrashuvda maydonga tusha olmadi.

31 yoshli futbolchi maydondagi mahoratidan tashqari, o'zi tutishi va muomalasi bilan yosh jamoadoshlariga o'rnak bo'la oldi.

Yana bir yoshi katta futbolchilaridan biri Aleksey Nikolaevdir. Bir paytlar terma jamoamizning etakchisi bo'lgan himoyachining o'yinida biroz pasayishlar ko'zatilgandi. Ammo “Qo'qon-1912” jamoasiga kelib qo'shilgach, u yana oldingi salohiyatini tiklay oldi. Nikolaev himoyadagi ishonchli o'yinlari orqali qo'qonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylandi.

Nikolaev mavsumda birorta gol kirita olmagan bo'lsa, ham g'alabalarda o'z hissasini qo'shganini alohida etirof etish joiz.

O'zini tutishi orqali ham jamoadoshlariga o'rnak bo'lishdan taqshari, bu futbolchilar jamoaga juda katta foyda keltirishdi. Ular mashg'ulotlardan ham yoshlardan ko'ra ko'proq ter to'kishi tahsinga sazovor.

Jamoa safida mana shunday fidoyi futbolchilar soni ko'p bo'lishini tilab qolamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика