"Qo'qon-1912": Futzal va ayollar jamoalarimizning mashg'ulotlari qizg'in
29 mar 2018 10:00
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": Futzal va ayollar jamoalarimizning mashg'ulotlari qizg'in
Futzalchilarning dastlabki uchrashuvi Qo'qonda o'tkaziladi. Mazkur o'yinda ijobiy natija qayd etishni maqsad qilgan futzalchilar mashg'ulotlarga zo'r berishgan.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati birinchi tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – AGMK uchrashuvlari 30 va 31 mart kunlari bo'lib o'tadi.
Birinchi marta O'zbekiston chempionati bahslarida qatnashayotgan “Qo'qon-1912” ayollar jamoasi ham yaxshi natija qayd etishga jiddiy bel bog'lagan. Mirsaid Mirolimov boshchilidagi murabbiylar shtabi birinchi uchrashuvga futbolchilarni puxta tayyorlashmoqda.
Eslatib o'tamiz, ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati birinchi tur doirasidagi “Qizilqum” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi 1 aprel kuni Navoiy shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar